Italiyaning «Napoli» klubi «Chelsi» yarim himoyachisi Tyemue Bakayokoning transferini to‘laqonli ravishda sotib olmoqchi. Neapolliklar ushbu bitim borasida ishni boshlagan. «Ko‘klar» o‘z futbolchisi uchun 18-20 million yevro talab qilishmoqda.
Ayni paytda Bakayoko «Napoli» tarkibida ijara asosida o‘ynamoqda. Joriy mavsum 26 yoshli yarim himoyachi jamoaning 6 ta uchrashuvda maydonga tushdi va bitta golga assistentlik qildi.