Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Tomas Parti: "Ular qit’amizning yuzi hisoblanishadi.." - hafta iqtiboslari

Tomas Parti: "Ular qit’amizning yuzi hisoblanishadi.." - hafta iqtiboslari

Baho:
+ | -

Yakuniga yetgan hafta davomida futbol olamidagi mashhur shaxslar tomonidan yangragan diqqatga sazovor iqtiboslarni e’tiboringizga havola etamiz.

 

Vivian Miadema

Bundan bir yil muqaddam men GOAT (barcha davrlarning eng yaxshi o‘yinchisi) nima ekanligini hatto, tushunmasdim ham. Uning zavqini tatib ko‘rish uchun unga yarasha mehnat qilish kerakligini bilib turardim. Uni o‘ylaganda birinchi galda xayolimda echki gavdalanardi va bu hayvonni men unchalik xushlamas edim. Toki eng yaxshilar qatorida tilga olinmagunimcha mendan shunday hislar o‘tgan edi. Lekin hozir hammasi boshqacha. Bu menga zavq bag‘ishlamoqda.
(Ma’lumot uchun, Vivian Miadema 19/20 yilgi mavsumda yilning eng yaxshi ayol futbolchisi deb topilgan. U "Arsenal W" klubi tarkibida o‘tgan yili yuqori natijalarni qo‘lga kiritdi).

Megan Rapino

Men qancha vaqt talab etilishidan qat’i nazar hamisha maydon sari intilganman. U yerda ko‘proq qolishni xohlayman. Muhimi, formadan chiqib ketmaslik. Bir kun kelib nafaqaga chiqishimni o‘ylasam, etim junjikib ketadi. Keyingi davrlarimda hayotimdan afsuslanmaslik uchun ko‘proq sovrinlar yutishim kerak. Men Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishni xohlayman. Undan so‘ng esa jahon chempionati.. Avstraliya va Yangi Zellandiyada bo‘lib o‘tadigan mundial jamoamiz uchun katta sinov. Biz o‘tgan yilgi natijamizni u yerda ham takrorlashimizga ishonaman.
(Ma’lumot uchun, Rapino o‘tgan yili bo‘lib o‘tgan ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatining g‘olibi sanaladi).

Tino Kadevere

"Men Ron derbisida gol urishni o‘zimga niyat qilib yurardim. Amalda ham bu ishni istaganimdek uddalashga erishdim. "Sent- Etyen" bilan bizning o‘zaro hisob-kitoblarimiz bor. Derbida o‘ynash senga o‘zgacha kuch beradi. Urgan bu ikki golimni uzoq vaqt yoddan chiqarmayman".

Piter Krauch (Harri Keyn haqida)

"Keyn nafaqat kuchli goleador, balki uni tezkor ixtirochi desangiz ham yanglishmaysiz. Shubhasiz, u vaziyatni oldindan ko‘ra biluvchi talant. Keynda ikkita top furbolchining kuchi va salohiyati jam bo‘lgan. Mendan unga nisbatan ishlatadigan eng yaxshi ta’rifimni so‘rasalar, men uning 25 yard uzoqlikdan yo‘llagan zarbalarini misol qilib keltirgan bo‘lardim".

Yoaxim Lyov (Gyotse haqida)

"Men Gyotse haqida uning avvalgi mahorati ketibdi degan gap-so‘zlarga sira ham ishonmayman. Chunki haqiqiy mahorat izi futbolchini hech qachon tark etmaydi. Ko‘rib turibman, u haliyam 4-5 yil oldingi tezligini yo‘qotmagan. Mario ikkala oyoqda ham birdek harkat qila oladigan kam sonli futbolchilardan biri. Qachondir balki, uni terma jamoa yig‘iniga chaqirishim ham mumkin. Meni quvontirgan tomoni, u "PSV"ga borishi bilanoq avvalgi stabil formasiga tezda tushib oldi. Buyog‘i endi uning o‘ziga bog‘liq".

Jorjinyo Veynaldum (Van Deyk haqida)

Ayni damda klubimiz ustiga yog‘ilgan tashvishlar barchamizni birdek o‘ylantirmoqda. Ruhiy tomonlama nokaut holatidamiz. Lekin Virjil hammadan ham ko‘proq azob chekayotgan bo‘lsa kerak. Men faqatgina uning sog‘ligini nazarda tutmayapman, u umumjamoa vaziyatidan xavotirda. Menimcha, hayoti davomidagi eng og‘ir damlarni boshidan o‘tkazmoqda. Imkoniyating bo‘la turib ham jamoangga yordam berolmasliging bu har bir sportchi uchun do‘zaxdek gap. Barchamiz uning imkon qadar tezroq safga qaytishiga umidvormiz".

Karlo Anchelotti (Zlatan haqida)

Ibra Amerikaga ketganida men uni endi bo‘ldi, faoliyatini tugatsa kerak deb o‘ylagandim. Lekin u sira ham to‘xtab qolgani yo‘q. Gollar urishda davom etdi. Keyin u o‘z kuchiga ishonishini ko‘rsatgan holda Italiyaga yo‘l olishga qaror qildi. Bu safar ham men endi xotima yasalsa kerak deb o‘ylagandim. Lekin barchangiz ko‘rib turibsiz - u gollar urishdan bir lahza bo‘lsa-da to‘xtab qolgani yo‘q. Zlatan haqiqiy qotil, xuddi Ronaldu kabi. Ikkisi bir-birini topgandek. Maydonda shunchaki o‘ynash oson, lekin ketma-ket gollar urib, jamoasiga eng kerakli pallalarda yordam berish alohida mushkilot. Zlatanning o‘yin uslubi va oldiga qo‘ygan maqsadlarini ilg‘ab olish uchun olim bo‘lish shart emas.

Tomas Parti (Ganalik futbolchilar haqida)

Men Ganada tug‘ilganimdan faxrlanaman. Bu yerda men havas qilib katta bo‘lgan yetuk va kuchli futbolchilar bisyor. Ulardan biri - bu Maykl Essiyen. U mening bolalikdan tortib hozirgacha ham kumirim bo‘lib kelgan. Essiyenning "Chelsi" va milliy jamoa safidagi o‘yinlarini barcha yuqori baholaydi. Shuningdek, Salli Muntari, aka-uka Ayyular bularning barchasini o‘z klubi uchun singgan xizmatlari ulkan. Bu futbolchilar shubhasiz, qit’amizning yuzi hisoblanadi.

Tobin Xit ("MYU W"klubi a’zosi)

Bizga yoshligimizdan Manchester shahrida faqatgina bir jamoa bor deya o‘rgatib kelishgan. Ko‘p yillardan beri klub tarixi deyarli yod ham bo‘lib ketgan. Rahbariyat bizga "Man Siti"ning o‘yinlariga kirmaslikni uqtirishardi. Lekin menimcha bu xato yondashuv. Barcha bir-biriga o‘zaro hurmatni saqlab yashagani ma’qul. Ayniqsa, Amerikada "Siti"ning ishqibozlari ko‘p va ular "Etihad" egalarini sayyoramizning eng kuchlilari qatorida ko‘rishadi. Men ham bunga qo‘shilgan bo‘lar edim. Men hozir "Yunayted"daman. Lekin, "Siti" futbolchilariga hech qachon o‘zimizdan past nazarda qaramaganman".

 

Yusufbek Saydaliyev tayyorladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:49, 15.11.2020.
O'qildi: 3737 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.