Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

«Real»dan o‘zgacha rokirovka

«Real»dan o‘zgacha rokirovka

Baho:
+ | -1

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Anchelotti ishga kirishdi

Liverpulning «Everton» jamoasi bosh murabbiyi – Karlo Anchelotti qishki transfer oynasi chog‘ida «Napoli» yarim himoyachisi Fabian Ruisni tarkibga qo‘shib olmoqchi.

Goal nashrining ma’lum qilishicha, Karlo ushbu transferni amalga oshirishni yozda istagan, biroq bunga «Napoli» ko‘nmagan edi.

Manbaning ma’lum qilishicha, Ruisning o‘zi APLga o‘tishga qarshi emas. Hatto, futbolchi Karlo bilan shaxsiy shartnoma borasida muzokaralarga ham kirishib ketgan.

«Real»dan o‘zgacha rokirovka

Madridning «Real» jamoasi Eden Azarning tinimsiz jarohatlaridan charchadi.

Don Balon nashrining ma’lum qilishicha, «qirollik klubi» tez orada «Siti» bilan futbolchi almashtirish borasida muzokaralarga kirishadi. Manbaning ma’lum qilishicha, klub YCHLda zafar quchishni orzu qilayotgan Kevin De Bryuyneni qo‘lga kiritish maqsadida «shaharliklar»ga Eden Azarning xizmatlarini taklif qilmoqchi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Madrid klubi yarim himoyada tez orada paydo bo‘lishi aniq bo‘lgan yoriqlarni aynan Kevinning yordamida berkitmoqchi.

«Inter» ham rokirovka qiladimi?

Milanning «Inter» jamoasi ham Kristian Eriksonning xizmatlariga ortiq ehtiyoj sezmayapti.

“Todofichajes" nashrining ma’lum qilishicha, jamoa Eriksonni PSJga taklif qilmoqchi va uning o‘rniga Leandro Paredesni qo‘lga kiritmoqchi.

Manbaning ma’lum qilishicha, agar qishda daniyalik futbolchi borasida hech qanday taklif kelib tushmasa, «Inter» ushbu rokirovkaga murojaat etadi.

Jerrard ishga kirishdi

Shotlandiyaning «Glazgo Reynjars» jamoasi ustozi – Stiven Jerrard qishda tarkibga «Norvich» yarim himoyachisi   Kenni MakKlinni qo‘shib olmoqchi.

Shotland klubi yozda ham murabbiyning talabiga binoan «Norvich»ga taklif yuborgan edi, biroq klub o‘z yetakchisini jamoada olib qolishni afzal ko‘rgan edi.

28 yoshli futbolchining o‘zi esa, voqealar rivoji haqida fikr bildirmayapti. Ma’lumotlarga qaraganda, «Glazgo» qishda ushbu transferni amalga oshirishga yana bir bor urinib ko‘radi.

«Napoli» qaror qildi

Italiyaning «Napoli» jamoasi transfer huquqi «Chelsi»ga tegishli bo‘lgan Temmi Bakayoko bilan shartnoma imzolamoqchi.

Ayni damda, ijara asosida «Napoli» sharafini himoya qilayotgan futbolchining o‘yinlaridan rahbariyat qoniqish hosil qilmoqda. Shu bois, qishda «Chelsi»ga 20 million yevro taklif etmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, futbolchining o‘zi ham ortga qaytishni istamayapti.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 01:36, 16.11.2020.
O'qildi: 16187 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.