Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Kyolnda g‘amga botgan masxaraboz nima qilmoqda? U necha pul ishlaganini bilasizmi?

Kyolnda g‘amga botgan masxaraboz nima qilmoqda? U necha pul ishlaganini bilasizmi?

Baho:
+1 | -

Stadion.uz "Kyoln" jamoasi bayramni qanday qutqarib qolgani haqida fikr almashadi.

Kyoln – Bu Yevropaning eng ko‘hna va o‘zgacha karnavali tashkil etiluvchi shahar. Har yili 11 noyabr soat 11:11 da ushbu shahar aholisi karnavalda ishtirok etish uchun ko‘chaga otilib chiqadi. Afsuski, bu yil buning imkoni bo‘lmadi. Pandemiya sababli shahar meri bayramni bekor qildi. Ushbu shaharning futbol jamoasi vaziyatdan chiqib ketish maqsadida video rolik suratga olishdi. Ushbu rolikda g‘amga botgan masxaraboz huvullab qolgan shaharni kezib yuribdi. Qahramonimiz klubning bayram uchun maxsus sonda chiqargan libosida bo‘sh-bo‘sh shaharni kezib yuradi. Avvalgidek shahar qizil rangga burkanmagan, ko‘chalarda faqat tibbiyot xodimlarigina kezib yurishibdi.

«Tasavvur qiling, siz kulgini yo‘qotib qo‘ydingiz. Bu yil hech qanday ranglar bo‘lmaydi. Hech qanday raqslar ham bo‘lmaydi. Yaxshi kunlar yana qaytadi. Shunday bo‘lsada, bu yil sen yagona masxarabozsan! Shu bois, sen kul! Sening ranglarga to‘la yuraging qattiq urmoqda! Biz karnavalni yakka, biroq birgalikda nishonlaymiz!»-degan so‘zlar aytilayotgan payda, masxaraboz bo‘sh arenada raqsga tushayotgan edi.

Masxaraboz bejizga tanlab olinmagan. Gap shundaki, jamoaning yangi libosi aynan masxarabozlar stilida ishlangan bo‘lib, asosiy urg‘u yorqin ranglarga berilgan. Komplektga 11 ta muhim joylar jam qilingan. Bu yerda shot shlyapasidan tortib, Kyolndagi ibodatxonaga qadar joy egallagan. Sezganingizdek, 11 raqami bu bayram uchun o‘zgacha ahamiyat kasb etadi. Ushbu bayramning tarixiga nazar solsak, barchasi oydinlashadi. Nemis tilida 11 raqami Elf deb aytiladi. Bu so‘z esa, Egalite, Liberte , Fraternite deb kengaytiriladi. Bu so‘zlarning o‘zbek tilidagi ma’nosi esa, Tenglik, ozodlik va do‘stlik ma’nolarini anglatadi.

Ushbu aksiya sababli klub masxaraboz reklama qilgan liboslardan naqd 3 mingtasini sotib yuborishga muvaffaq bo‘ldi. Bu birinchi kun uchun shunchaki fantastik natija. Jamoa bosh direktori Aleksander Verle aytishicha, nemis karnavalining asl egalari Kyoln shahri aholisi ekan.

«Biz pandemiya sababli bayramni nishonlay olmadik, biroq bu bizni yangi libosni ishlab chiqarishimizdan to‘sib qolgani yo‘q. Biz bayramni o‘tkazish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qildik. Bu bizning klub muxlislari uchun allaqachon odatiy tusga kirgan.»

Jamoa bayram uchun ishlab chiqargan liboslarining narxini 1,11 yevro etib belgiladi. Ushbu liboslardan tushgan pullar shaharning san’at sohasidagi qurilish ishlari uchun sarf qilishini oldindan rasman e’lon qilindi.

“Biz singari pandemiyadan boshqalar ham katta zarar ko‘rishdi. Ayniqsa, san’at sohasi vakillariga juda og‘ir bo‘ldi. Karnaval ham shahrimizdagi ulkan san’at kuni hisoblanadi.Aynan shu kun egalari uchun ushbu pullar sarflanadi”-deb futbol klubining bosh direktoridan iqtibos keltirmoqda ESPN nashri.

Ushbu klub 2013 yildan beri bayram uchun maxsus liboslar ishlab chiqarmoqda. Har safar ushbu liboslarda hech bo‘lmasa birgina o‘yin o‘tkaziladi.

Yangi komplektda jamoa «Boxum»ga qarshi maydonga tushishga ulgurdi. Bayram soni bo‘lgani uchun erkin ijodga ruxsat berilgan Deyarli har yildan beri, karnaval chog‘ida ishlab chiqariladigan liboslar eng sotiladiganlardan biriga aylanib bo‘ldi.

Ushbu liboslar orasida eng e’tiborga moliklaridan biri sifatida 2018 yilda ishlab chiqarilganini e’tiboringizga havola etamiz

2016 yilda esa, klub shahar bayrog‘ini timsolga aylantirishga uringan.

2015 yilda esa, klub Fransiyadagi terakt qurbonlari xotirasi uchun biroz o‘zgacharoq ko‘rinishdagi liboslarda maydonda to‘p surgan. Faqat biroz kechroq...

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 00:18, 19.11.2020.
O'qildi: 4913 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.