Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Superliga. «Lokomotiv» - AGMK. Prevyu

Superliga. «Lokomotiv» - AGMK. Prevyu

Baho:
+ | -

Ikki haftalik tanaffusdan so‘ng bugun yana Superliga bahslari boshlanadi.

«Lokomotiv» o‘z maydonida Olmaliq shahrining AGMK jamoasini qabul qiladi. Turnir jadvalida «Lokomotiv» 28 ochko bilan 9-o‘rinni egallab turibdi. AGMK hisobida esa 42 ochko mavjud bo‘lib, bu jamoa 3-o‘rinda boryapti.

Bugungi o‘yin «Loko» uchun qatorasiga uchta safar uchrashuvidan so‘ng o‘z maydonidagi ilk bahs bo‘ladi. «Temiryo‘lchilar» bungacha Navoiy Termiz va Muborakda to‘p tepib, har uchala o‘yinda durang qayd etishdi.

Umuman ikkinchi davra boshlanganidan beri «Loko» 4 marta g‘alaba qozonib, 4ta bellashuvda durang o‘ynadi va bir bor mag‘lub bo‘ldi. Jamoa bungacha o‘z maydonidagi har ikki bahsni g‘alaba bilan yakunladi: «Navbahor» va «Bunyodkor» mag‘lub etildi.

Ikkinchi davrani mag‘lubiyat bilan boshlagan AGMK bitta o‘yinda durang qayd etib, qatorasiga 4ta bellashuvda zafar quchdi. Biroq oxirgi uch turda faqat mag‘lubiyatga uchradi. AGMK «Nasaf»ga 0:2, «Qo‘qon-1912»ga 0:1 va «Paxtakor»ga 0:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.

AGMK ikkinchi davra start olganidan so‘ng 6ta uchrashuvni safarda o‘tkazdi: bunda 3 g‘alaba va 3 mag‘lubiyat qayd etildi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 15:08, 19.11.2020.
O'qildi: 1653 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик