Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese 2-0 Lechche
07/12 18:00 Elche 3-0 Jirona
07/12 19:00 Brayton 1-1 Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari 1-0 Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

«Barselona»da pul yo‘q, biroq Kuman jamoasini kuchaytirishi lozim

«Barselona»da pul yo‘q, biroq Kuman jamoasini kuchaytirishi lozim

Baho:
+1 | -

«Barselona»da pul yo‘q, biroq Kuman jamoasini kuchaytirishi lozim. Stadion.uz amalga oshishi mumkin bo‘lgan «Barselona»ning qishki transferlari haqida fikr almashadi.

Markaziy hujumchisiz qiyin

«Luis Suares kelgach, Korea, Lorente, Felish va boshqa hujumdagi yigitlarda erkinlik paydo bo‘ldi. U bizning o‘yin uslubimizga qolipga tushgandek mos kelmoqda.»

“Atletiko Madrid” sardori – Kokening so‘zlarida haqiqat bor. Luis «Barselona»ni tark etgach, Kataloniya klubining markaziy hujumida muammolar ko‘zga tashlanib qoldi. Bartameu esa, Kuman bilan birgalikda Luisitoni ushlab qolmay xatoga yo‘l qo‘ydi. Vaholanki, Kuman urugvaylik futbolchining ketishiga o‘zini sababchi deb hisoblamasligini bir necha bor ta’kidlab o‘tdi. Nima bo‘lgan taqdirda ham, murabbiy qishda sifatli markaziy hujumchi sotib olishga majbur. Fati, Grizman, Dembele, Koutino va Messidan kuchli uchlik yaratish mumkin, ammo ularning birortasi markaziy hujumda to‘p surishga qodir emas. Ayni damda, jamoa nishonida turgan Memfis Depay barcha muammolarning yechimi bo‘lishi mumkin. Gollandiyalik futbolchi bu mavsumda «Lion»ning markaziy hujumida to‘p surmoqda. Bu vinger uchun yangilik, ammo «Barsa» uchun ayni muddao! Uni qo‘lga kiritish qishda Kumanning asosiy maqsadlaridan biri bo‘lishi turgan gap.

Fatining jarohati ham transfer bozoriga chiqishga undamoqda

Balki, Leoni markazga joylashtirish haqida bosh qotirish mumkindir, biroq bu, ofsayd chizig‘ida u qadar effekt bermasligi mumkin. Fatining bir muddat tarkibda bo‘lmasligi ham yangi hujumchi sotib olishga to‘g‘ri keladi. Boz ustiga, Fatining kelajakdagi faoliyatini himoya qilish uchun ham hujumchi olish lozim. Sababi, jarohatlar surunkanli bo‘lmasligi uchun ham yosh organizmni yuklamalardan saqlash va uni sekin-asta toblab borish lozim. Shu bois, ham «Barselona» uchun yana bir hujumchi kerak.

Yulduzlarni sotish kerak

Afsuski, «Barselona»ning muammosi faqat hujum chizig‘ida emas. Himoyada ham muammolar yetarlicha. Upamekano yoki Kulibali uchun jamoada pul yo‘q. Avvalgidek Messining borligi uchun yulduzlar «Barselona»ga oshiqmay qo‘ygan. Argentinalikning o‘zi ham tez orada boshqa klubga o‘tib ketishi mumkin.

Himoyachilar uchun pul jamg‘arish kerak bo‘lsa, kimnidir sotishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun nomzodlar ham mavjud. Balki, Gizman transferga qo‘yilar? Buni taxmin qilish g‘alati, biroq Kumanga sifatli markaziy himoyachi kerak. Ayni damda, nishonda Ryudiger va Erik Garsiyalar mavjud. Qishda ularning qay biri Kataloniyaga kelishi esa, hozircha noma’lumligicha qolmoqda.

Erkin agentlarga murojaat

Kataloniya klubi tushib qolgan moliyaviy ahvoldan faqat erkin agentlar bilan tuzilgan shartnomalargina naf berishi mumkin. Xo‘sh, nishonda kimlar bor? Birinchi navbatda hayolimizga «Liverpul» yarim himoyachisi Veynaldum, «Siti»dan Aguyero, PSJdan Di Mariya kelishi mumkin, ammo ularning jamoaga kelishi Messining qolishi yoki ketishiga bog‘liq. Sababi, Leoning ketishi, butun futbol ommasi uchun «Barselona»ning inqirozini anglatadi. Bu omil transferlarda ham o‘z so‘zini aytishi turgan gap. Boz ustiga, tez orada klubda yangi prezident saylanadi. Uning kim bo‘lishi va qanday siyosat olib borishi katta so‘roq ostida qolmoqda. Yangi prezidentning saylanishining o‘zi katta transfer voqeasi bo‘lishi mumkin.

Ayni damda, «Barselona» yangi transferlarni amalga oshirishi lozim. Bu pullar ham havoga uchib ketmasligi uchun birinchi navbatda murabbiyning rejalaridan o‘rin egallagan futbolchilar bo‘lish lozim.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 16:27, 19.11.2020.
O'qildi: 8196 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.