Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Otabek G‘ulomxo‘jayev: «Qahramon Bahodirov raqib himoyachilarini ham yaxshi bilardi»

Otabek G‘ulomxo‘jayev: «Qahramon Bahodirov raqib himoyachilarini ham yaxshi bilardi»

Baho:
+ | -

“Andijon” – “Mash’al” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin odatga ko‘ra bosh murabbiylar ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Mezbonlar ustozi Otabek G‘ulomxo‘jayev uchrashuv taassurotlari haqida quyidagilarni aytdi:

— Bu uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishimiz uchun 14 kun vaqtimiz bor edi. Birinchi maqsadimiz futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini yaxshilab olish edi. To‘g‘risi, biz biroz boshqacha o‘yinga hozirlik ko‘rgandik. Ko‘rdinglar, kechadan boshlab yomg‘ir va qor yog‘di. Maksimal darajada o‘yinga tuzgan rejamizni amalga oshirishga harakat qildik. Bunday havoda va maydonda to‘p surish qiyin. Biz nafaqat futbol bilan, balki maydon bilan ham kurashdik.

— O‘yin xuddi durangga qarab ketayotgandek edi. Qolaversa, bu sizning Superligadagi debyutingiz edi. Uchrashuv oxirlarida gol urilishiga qanday reaksiya bildirdingiz?

— Ha, buni inobatga olish kerak. Mening Superligadagi debyutim muvaffaqiyatli chiqdi. Baribir o‘yin oxirlarida ham xotirjamlik bor edi. Tayyorgarlik borasida ham yigitlar bilan hammasini gaplashib olgandik. Ularning menga, mening esa ularga bo‘lgan ishonchimiz uyg‘ongandi. Ketma-ket mag‘lubiyatlar sababli turnir jadvalida qanday ahvoldaligimizni ko‘rib turibsizlar. Qahramon Bahodirov bilan uchrashuvdan avval gaplashganimda 30 daqiqagacha tayyor bo‘laman deb aytgandi. Meliyev ikkalasi maydonga tushgach, hujumlarimimiz yanada kuchaydi. Murabbiy sifatida buni his qilgandim.

— Bahodirov hujumchi bo‘lmasa-da, zaxiradan maydonga tushgach, faqat oldingi chiziqda to‘p surdi...

— O‘zi ham “Mash’al”da to‘p surgan. U raqib himoyachilarini ham yaxshi bilardi. Meliyev bilan Bahodirov o‘yinga qo‘shilgach, taktik rejalarni ham o‘zgartirdik.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 18:37, 19.11.2020.
O'qildi: 1760 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик