Fransiyaning "PSJ" klubi futbolchilari Neymar va Kilian Mbappelar jamoaning umumiy mashg‘ulotlariga qo‘shilishdi va 11-tur doirasida "Monako" klubiga qarshi bo‘ladigan o‘yinda maydonga tushishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatidan joy olishdi, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.
Neymar YECHL dorirasida "Istanbul" (2:0) klubiga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda jarohat olgan bo‘lsa, Mbappe YECHL doirasida "Leypsig" (1:2) klubiga qarshi uchrashuvdan oldin o‘zini yomon his qilishni boshlagandi.