Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Prevyu. "Nasaf" - "Paxtakor"

Prevyu. "Nasaf" - "Paxtakor"

Baho:
+ | -

Superliga 24-turida "Paxtakor" Qarshida "Nasaf" mehmoni bo‘ladi.

Allaqachon chempionlik masalasini hal etib bo‘lgan "Sherlar" Qarshida "Nasaf" bilan maydonga tushishadi. Har ikki jamoa o‘rtasidagi to‘qnashuvlar oxirgi yillarda keskin o‘tmoqda. Raqib ayni paytda chempionatda 2-pog‘ona uchun kurashni davom ettirmoqda.

Chempionatlarda jamoalar jami 47 marta o‘zaro bahs olib borishgan. Ularning 28tasida "Paxtakor" zafar quchgan bo‘lsa, 10 bellashuvda durang natija qayd etilgan. Qarshiliklar esa 9 o‘yinda g‘alaba qozonishgan. Raqib darvozasini 74 bor ishg‘ol qilgan jamoamiz darvozasidan 41 gol o‘tkazib yuborgan.

Qarshidagi 23 o‘yinda esa "Paxtakor" 8 g‘alaba, 7 durang va 8 mag‘lubiyat qayd etgan. 23 gol urgan toshkentliklar o‘z darvozasidan 28 to‘p o‘tkazib yuborgan. Oxirgi ikki mavsumda Shota Arveladze jamoasi Qarshida g‘alaba qozongan.

"Nasaf" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi bellashuv 25 noyabr, chorshanba kuni Qarshidagi "Markaziy" stadionda soat 13:00da boshlanadi.

"Nasaf" bilan Qarshida kechadigan bellashuvni Shavkat Nasibullayev boshqaradi. Unga qanotlarda Bektursin Kannazarov va Oybek Kallaxo‘jayev yordam beradi. Nasibullayev ayni paytga qadar chempionatlarda "Paxtakor" ishtirokidagi besh o‘yinda hakamlik qilgan. Ushbu uchrashuvlarda jamoamiz "Metallurg", "Andijon", "Buxoro", "Qo‘qon-1912" va "So‘g‘diyona"dan ustun kelgan.

"NASAF" - "PAXTAKOR"
Hakamlar: Shavkat Nasibullayev (Namangan), Bektursin Kannazarov (Nukus), Oybek Kallaxo‘jayev (Toshkent), Doston Rahmonov (Guliston).
Nazoratchi: Marat Ismoilov (Toshkent).

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 19:42, 23.11.2020.
O'qildi: 2279 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.