Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Messi qachondir ketadi

Messi qachondir ketadi

Baho:
+ | -

Kataloniyaning «Barselona» jamoasi sobiq yarim himoyachisi Deko Leonel Messining boshqa jamoaga o‘tish borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Portugaliyalik afsona Leoning qachonlardir jamoadan ketishi aniq ekanligi haqida fikr bildirib o‘tdi.

“Bilasizmi, futbolchi o‘zini bor imkoniyatlarini namoyish etish uchun o‘sha klubda baxtli bo‘lishi lozim. Jamoada o‘zini erkin his etmagan futbolchi maydonda ham 100 foiz natija ko‘rsatishga qodir emas. Bu aniq. Futbolchilik faoliyatimdan kelib chiqib shuni ma’lum qilishim mumkinki, ayni damda Leo katta bosim ostida qolib ketgan. Shu bois, uning maydondagi harakatlari avvalgi darajada emas. Buning uchun futbolchini ayblash noo‘rin. U to‘liq imkoniyat bilan harakat qilmayapti.

Menn qachonlardir Messining «Barselona»ni tark etishini bilar edim. Afsuski, bu sodir bo‘lishi mumkin. Boshlangan narsaning albatta yakuni bor. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas. Har qanday yulduz ham o‘zini erkin va baxtli his etmagan joyni tark etishni istaydi. Bu normal holat. Buyuk futbolchilar ketishadi. Bu voqea Messiga qadar sodir bo‘lib kelgan. Undan keyin ham davom etadi.

To‘g‘ri, «Barselona» uchun juda ko‘p narsani anglatuvchi insonning ketishi haqida fikr bildirish oson. Buni ko‘pchilik g‘alati tushunishi mumkin, ammo hech kim sportda abadiy qolmaydi. Ayniqsa, futbolda bu ishni uzoq amalga oshirishning imkoni yo‘q. Leo qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarga ega chiqib bo‘ldi. Endi uni boshqachasiga atash mumkin emas! U klub safida to‘p surgan barcha zamonlardagi eng yaxshi futbolchi!

Ochig‘i, argentinalik dahoni boshqa jamoa libosida tasavvur qilish mushkul, ammo qachonlardir bu voqea sodir bo‘ladi. Bunga ishonchim komil. Hammasi bu necha yildan keyin sodir bo‘lishiga bog‘liq.

Messi «Barselona»da ulg‘aydi va aynan shu jamoa safida shaxs sifatida tarbiya topdi. Ketish haqidagi qarorni qabul qilish uning o‘ziga ham oson emas. Kataloniya uning vataniga aylanib bo‘ldi. Farzandlari shu yerda tug‘ildi. Oilasi aynan shu shaharda tashkil topdi. U boshqa istalgan klubga o‘tmasin, «Barselona»ni sog‘inishi aniq. Bu jamoa uning uchun hamma narsa edi! Bunday hislar og‘ushida jamoasini tashlab ketish og‘ir bo‘lishi aniq. Shunday bo‘lsada, bir yoki ikki yildan so‘ng u ketadi. Balki, 4 yildan so‘ng ketar. Balki mavsum so‘nggida uning klub safidagi so‘nggi uchrashuvini tomosha qilarmiz. Bunisi bizga qorong‘i. Shunisi aniqki, Leo har qanday vaziyatda ham klub muxlislari uchun birinchi raqamli bo‘lib qolaveradi! Oradan 50 yil o‘tgandan keyin ham uning maydonda ko‘rsatgan qahramonliklari hayajon bilan yodga olinadi. U afsona! Messi qaysi klubga o‘tmasin, bu maqomni undan hech kim tortib olishga qodir emas."

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:43, 24.11.2020.
O'qildi: 3488 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.