Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Dilyaver Vaniyev: «Mash’al»ni Superligadan chetlashtishganda jurnalistlar faol bo‘lishmagandi»

Dilyaver Vaniyev: «Mash’al»ni Superligadan chetlashtishganda jurnalistlar faol bo‘lishmagandi»

Baho:
+ | -

Superliganing 24-turidan o‘rin olgan "Mash’al" — "Navbahor" (3:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar murabbiyi Dilyaver Vaniyev fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Uzoq kutilgan g‘alabani qo‘lga kiritdik. Mavsum avvalida bunday qiyinchiliklar bo‘lishini kutgandik. Lekin, bu darajada muammolar yuzaga kelishini tasavvur qilmagan edim. G‘alaba bilan muxlislarni tabriklayman. Klub rahbarlariga minnatdorchilik bildiraman, har qanday sharoitda ham bizni qo‘llab-quvvatlab turishdi. Jamoamizning salohiyati bor, o‘yinimiz ham yomon emasdi. Pasayish nima bog‘liqligini esa tushuntira olmayman. Sabablar ko‘p futbolchilarimizda tajriba yetarli emas. Muhimi ortda qoldi, g‘alaba qozonishni uddasidan chiqdik. Barcha muboraklik, qashqadaryolik muxlislarni tabriklayman. Bosim katta bo‘ldi deya olaman.

— Ifeani keyingi turda maydonga tushadimi?
— Uning holatiga qaraymiz. Jarohati katta emas deb o‘ylayman. Akademiyamizdan chiqayotgan yoshlarga imkoniyat bermoqdamiz. Bizni Superligadan chetlashtirishgach akademiyamizni nima sababdan yopishdi buni hamon tushunmayman. Bizni Superligadan chetlashtishganda Ciz jurnalistlar ham faol bo‘lmaganingizni ham anglay olmayman. Barchasini tiklash birdaniga yuz bermaydi. Albatta, bu achinarli holat.

— Sirojiddin Rahmatullayev Bangladesh chempionatida qay darajada o‘zini ko‘rsata oladi?
— Rahmatullayev jiddiy maqsadlarni oldiga qo‘ygan jamoaga yo‘l oldi. Uning jamoasi OFK kubogida ishtirok etishi mumkin. Vaziyat shuni taqozo etdi, bu borada ko‘p gapirishni istamayman. Qaytsa "Mash’al"ga qaytadi. "Navbahor" ham yaxshi jamoa, ajoyib maydonga ega. Birinchi davrada ishonchli tarzda g‘alaba qozongan edik. No‘’mon Hasanov boshqaruvida ko‘proq agressiv va tez o‘ynamoqda.

— Raqib jamoa bosh murabbiy maydon holati yaxshi emasligi haqida fikr bildirdi. Sizningcha, maydon chindan ham yomon edimi yoki murabbiy bahona qildimi?
— Ha, ayrim vaziyatlarda bu xalaqit qildi. Lekin, mening fikrimcha, maydon holati unchalik yomon emas. No‘’mon Hasanov shunday fikr bildirgan bo‘lsa, bu uning fikri. Legionerlarimiz gol urishni boshladi. Albatta navbatdagi bahslarda ham gol urishga harakat qilib ko‘rishadi.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 20:48, 24.11.2020.
O'qildi: 1993 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик