Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Salahyning futboldagi eng katta maqsadi nima?

Salahyning futboldagi eng katta maqsadi nima?

Baho:
+ | -

Angliyaning «Liverpul» jamoasi hujumchisi Muhammad Salah NBS telekanalining «Men In Blazers» ko‘rsatuvi mehmoni bo‘ldi. Misr terma jamoasi yulduzi o‘sha ko‘rsatuvda o‘zining raqobatdan qo‘rqmasligi, kelajagi va o‘ziga nisbatan talabchanligi haqida fikr bildirdi. 

“Menimcha buni tan olish lozim. Agar siz doimo g‘alaba qozonsangiz, g‘alabaga chanqoqlik kamayishi mumkin. Aynan shu omil yakunda futbolchilarni katta sahnadan erta tushib ketishga sabab bo‘ladi. Agar futbolchi oziga nisbatan talabchanligini bir soniyaga ham kamaytirmasa, u o‘sishdan, o‘rganishdan to‘xtab qolmaydi. Men o‘zimdagi g‘alabaga xarislikni yo‘qolib qolmasligi uchun harakat qilaman. Siz o‘zingizni boshqarishingiz va hissiyotlarni jilovlash uchun o‘zingizda kuch topishingiz juda muhim. Faqat oldinga qadam tashlashda bu xislat juda katta rol ijro etadi. 

Ayni damda, «Liverpul»da raqobat juda kuchli. Bu jamoamizdagi hujumchilarga yanada kuchli bo‘lishda ko‘mak beradi. Bobbi (Firmino haqida gap ketmoqda) va Sadiolar mening eng yaqin do‘stlarim, biroq ularning ko‘p gol kiritishi meni yanada oldinga intilishim uchun ko‘mak beradi. APLning barcha hujumchilari kiritgan gollardan ruhlanaman. Yanada kuchli bo‘lishim, ko‘proq gol kiritishim kerakligi haqida bosh qotiraman. Men nafaqat APL, balki butun Yevropadagi futbolchilardan ko‘proq gol kiritishni istayman. Bu ishni qanday uddalash borasida bosh qotirmayman. Sababi, mening mentalitetimda bu xislat mavjud.

Hozir aytgan so‘zlarim kimgadir yoqmasligi mumkin, ammo men Yevropaning eng sermahsul hujumchisi bo‘lishni istayman. Buning uchun nima qilish kerak bo‘lsa, barchasini amalga oshirishga tayyorman. Men haqidagi boshqalarning fikri bilan hech qachon qiziqmaganman. Ochig‘i men uchun bu ahamiyatisiz. Menga ayni damda, kiritgan gollarim va amalga oshirgan assistlarim hammasidan muhim! Umid qilamanki, o‘z karyeram so‘nggida, APLdagi eng yaxshi to‘purar maqomi bilan butsalarimni mixga ilish orzusidaman.”

Darhaqiqat, Salah sekin-astalik bilan «Liverpul» jamoasining barcha zamonlardagi eng yaxshi to‘purarlari safida yuqorilab bormoqda. Qahramonimiz «Mersisaydliklar» safida 159 ta o‘yinda ishtirok etdi va 100 ta gol kiritdi. Bu natija kishi ko‘zini qamashtiradi, ammo uning ortida kattagina mehnat yotibdi. Uning Angliyadagi ilk mavsumi yodingizdami? Osha chog‘lari juda ko‘pchilik Salahni bir mavsum futbolchisi deb atagan edi.

Misrlik hujumchi aslida unday emasligini isbotlab kelmoqda. E’tiborlisi shundaki, aynan u Yurgen Klopp tuzgan «dahshatli» «Liverpul»ning ajralmas bo‘lagani sanaladi. «Liverpul»ning 30 yillik tanaffusdan so‘ng yana taxtga qaytgani, YECHLda zafar quchgani haqida xotirlanar ekan, barchaning hayoliga birinchi bo‘lib jingalak sochli yigit kelishi turgan gap. Salah allaqachon «Liverpul»ning tarixidan o‘rin egalladi, biroq u o‘sishdan to‘xtab qolmoqchi emas. Bu tahsinga sazovor!

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 03:33, 25.11.2020.
O'qildi: 2246 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.