Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Otabek G‘ulomxo‘jayev: «Paxtakor» bilan o‘yinda yaxshi natija ko‘rsatamiz va klubni Superligada saqlab qolamiz»

Otabek G‘ulomxo‘jayev: «Paxtakor» bilan o‘yinda yaxshi natija ko‘rsatamiz va klubni Superligada saqlab qolamiz»

Baho:
+ | -

Superliganing 25-turidagi «Andijon» – «Qo‘qon-1912» (0:1) bahsidan so‘ng jamoamiz bosh murabbiyi Otabek G‘ulomxo‘jayev quyidagilarni aytdi:

— Mag‘lubiyatdan keyin nima deyishim mumkin? Jamoangiz yosh bolalarcha xato qilgandan keyin... barchasiga tayinlagandik, raqib qarshi hujumga o‘tib ketishi va penalti ishlashi mumkin, ehtiyot bo‘linglar, deya uqtirgandik. Bu o‘yinga tayyorgarlik ko‘rgandik. Ammo bugun futbolchilar o‘sha tayyorgarligimizning 10 foizini ham bajara olmadilar. Bu o‘yindagi mag‘lubiyatning aybini o‘z zimmamga olaman.

— O‘yin chog‘ida «Buxoro»ning ham natijasidan xabardor bo‘lib turdingizmi?
— Suxandon o‘yin natijasini aytib turdi. Lekin o‘sha o‘yinga jiddiy qaramadik. Faqat o‘zimizning uchrashuvga e’tibor qaratdik. Birovning o‘yiniga qarab o‘ynamaslik lozim. Lekin qisqa muddat ichida jamoamizning natijalarini yaxshilab yuboradigan sehrgar emasmiz. Futbolchilarning mashg‘ulotlardagi harakatlari yaxshi, biroq o‘ynga chiqqanda ularni taniy olmay qolyapmiz. Biz o‘zimizning o‘yinlarimizni yutishimiz kerak, tamom. Intriga saqlanib qoldi. Faqat bu yog‘iga chiroyli intrigada, borasan, chempion bilan o‘ynaysan! Boshqa ilojimiz yo‘q, oxirigacha kurashamiz.

— Ko‘pchilik «Andijon»ning katta ehtimol bilan Rro-ligada 2-o‘rin egasi bilan pley-offda qatnashishini taxmin qilyapti. Bunga nima deysiz?
— Hali bu haqida o‘ylamadik. Har bir murabbiy jamoasini g‘alaba uchun tayyorlaydi. To‘g‘ri, «Paxtakor» chempion, hurmat qilamiz. Biz bu uchrashuvga maksimal tayyorlanamiz. Oxirgi turdagi intriga kuchli bo‘ladi. Agar biz oxirgi turda yutsak va «Surxon» yutqazsa, pley-off haqida ham o‘ylamaymiz. Andijonlik muxlislar oldida yuzimiz yorug‘ bo‘lishi uchun jamoani olib qolishimiz kerak. Xudo xohlasa, «Andijon»ni Superligada saqlab qolamiz.

— «Andijon»ga kelganingizda klubni saqlab qolishga qanchalik ishonchingiz bor edi?
— Ishonch bo‘lmagandi, klubga kelmasdim. Bu taklif ustida to‘rt kun o‘yladim. 9 ta o‘yinini uxlamasdan ko‘rib chiqdim. Ichkaridagi muhitda muammolar borligini bilgandim. Hammasini gaplashdik. Bizda yoshlar bor, ammo ular to‘rtta o‘yindagi bosimga tayyor emas. Menda esa bor-yo‘g‘i zaxiradan maydonga tushib o‘yinni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan ikkitagina o‘yinchi bor – Siroj Meliyev bilan Qahramon Bahodirov. Asosan bitta tarkib o‘ynayapti. Yigitlar bilan nimadir qilsa bo‘ladi, lekin xatolarni kamaytirish uchun vaqt kam. Baribir bizda ichki ishonch kuchli. Klubning futbolchilardan hech qanaqa qarzi yo‘q, shunga hayronman. Bir kam dunyo. Ba’zi jamoalarda qarzdorlik bor, ammo o‘yinchilari jon-jahdi bilan kurashishyapti. Bizda mashg‘ulotlarda hammasi yaxshi. Omad bilan bog‘laydigan bo‘lsak, Xudo buni harakat qilganlarga beradi. Boshida ayrim tanishlar qayerga ketyapsan, qanday yurak bilan ketyapsan deyishdi. Odam qilgan ishni odam qiladi. Biz oxirigacha kurashamiz, hali umid so‘ngani yo‘q.

— Bugun Farhod Sohibjonovni asosiy tarkibda maydonga tushirishingiz qanchalik to‘g‘ri bo‘ldi?
— U mashg‘ulotlarda o‘zini yaxshi ko‘rsatadi. Ilgari terma jamoada men bilan birga ishlagan. Bir necha yildan beri bilaman. Uni pozisiyasida Muhammadali Yo‘ldoshev bor edi. Ammo u asosan ukol bilan o‘ynab kelayotgandi. Farhod boshida hayajonlandi, keyin o‘yinga kirishib ketdi. Uning kelajagi porloq. Kelasi yildan o‘rinbosarlar tarkibini yoshartiramiz.

— Jamoa pro-ligaga tushib ketsa, yana ishlashga tayyormisiz?
— Qiyin vaziyatda qabul qildim va qiyin holatda tashlab ketmayman, bu haqida o‘ylamayapman ham. To‘g‘ri, aybdorlik hissi bo‘ladi. Ammo kelasi yilga rejalarni gapirishga erta. «Paxtakor» bilan uchrashuvda yaxshi natija ko‘rsatamiz, klubni tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaymiz.

Manba: https://t.me/fcandijan
Kiritildi: 17:43, 29.11.2020.
O'qildi: 1622 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.