Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

«Neftchi»—«Turon» o‘yini mashmashasi: Besh kishi 15 sutkaga qamaldi, olti kishiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

«Neftchi»—«Turon» o‘yini mashmashasi: Besh kishi 15 sutkaga qamaldi, olti kishiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Baho:
+ | -

Farg‘onada 1 dekabr, seshanba kuni o‘tkazilgan «Neftchi»—«Turon» o‘yinidan so‘ng yuzaga kelgan tartibsizliklarda ishtirok etgan besh nafar shaxsga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi, deb xabar bermoqda «Daryo» muxbiri Azizjon Ermatov.

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra janjal oqibatida uchrashuv bosh hakamida (Shavkat Nasibullayev) yuz qismi lat yeyish va tanasining shilinmalari, yordamchi hakamlarda (Rishat Nugmanov va Doniyor Saylavov) esa tanaga turli ko‘rinishdagi jarohatlar yetkazilganligi aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, ommaviy tadbir o‘tkazilayotgan vaqtda kelib chiqqan tartibsizliklarda ishtirok etgan besh nafar shaxs (muxlislar) ma’muriy tartibda ushlangan. Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, sudga taqdim etilgan.

Mazkur ishga oid hujjatlar 2 dekabr, chorshanba kuni Farg‘ona shahar ma’muriy sudida sudya Solijon Qurbonov raisligida ko‘rib chiqilgan. Sud qarori bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasida (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgani uchun besh nafar shaxsga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Shuningdek, mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «v» bandi (ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotgan vaqtda bezorilik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu jinoyat ishi doirasida, shuningdek, 6 nafar shaxs gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, Jinoyat-prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan. Ular orasida «Neftchi»ning ikki futbolchisi ham bor. Ulardan biri jamoa posboni bo‘lsa, ikkinchisi hakamga zarba bergan futbolchi — Jamshid To‘raqulov.

Avvalroq qo‘lga olinganlar soni sakkiz nafar ekanligi haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, «Neftchi»—«Turon» uchrashuvi tugaganidan keyin «Neftchi» futbolchilari va muxlislar hakamlarga tashlandi. Vaziyatlarning birida farg‘onaliklar o‘yinchisi uchrashuv bosh hakami Shavkat Nasibullayevga oyoq bilan zarba bergan. Keyinchalik hakamga zarba bergan futbolchi 98-raqamli Jamshid To‘raqulov ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:32, 02.12.2020.
O'qildi: 8507 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.