Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

La liga. «Real» qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi

La liga. «Real» qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 12-turidan o‘rin olgan markaziy o‘yin "Ramon Sanches Pisxuan" stadionida bo‘lib o‘tdi. "Sevilya" va "Real" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin madridliklarning kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Yo‘qotadigan narsasi qolmagan Zidan shogirdlari o‘yin boshidan raqib darvozasi tomon bosim uyushtirdi. Andalusiyaliklar esa tartibli o‘yin evaziga tanaffusga qadar darvoza daxlsizligini saqlab qolishdi.

Ikkinchi bo‘limda Lopetegi shogirdlari o‘z o‘yinlarini kuchaytirishdi. Ammo bahsning 55-daqiqasida madridliklar tezkor hujum tashkil qilishdi. Benzemaning ajoyib uzatmasidan keyin Mendi chap qanotdan oldinga o‘tdi va jarima maydoniga uzatma berdi. To‘pga tashlangan Vinisiusning oyog‘i to‘pga biroz tegdi. Darvozabon Yassin Bunu noto‘g‘ri joy tanlagani to‘p unga tegib, darvozaga kirib ketdi.

Shundan so‘ng "Sevilya" bir nechta o‘zgarishlarni amalga oshirish orqali jamoaga hujumkorlikni qaytardi. Susoning kuchli zarbasiga biroz aniqlik yetishmagan bo‘lsa, Okampos tomonidan yo‘llangan chalqancha uslubdagi zarbani Kurtua qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa, "Real" qiyin o‘yinda muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi hamda o‘z ochkolarini 20taga yetkazib, 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Ispaniya La ligasi, 12-tur
Sevilya – Real Madrid 0:1 (0:0)
Gol: 0:1 – 55, avtogol Bunu.
Sevilya – Bunu, Navas, Kunde, Diyego Karlos (Idrissi, 80), Rakitich (En-Nesiri, 64), Aleish Vidal, Fernando, Jordan (Gudel, 64), Okampos, de Yong (Suso, 64), Munir (Oliver Torres, 46).
Real Madrid – Kurtua, Varan, Nacho, Mendi, Vaskes, Modrich, Kroos, Rodrigo (Asensio, 66), Kazemiro, Vinisius Junior, Benzema.
Ogohlantirishlar: Kroos (44), Modrich (60), Gudel (76), Vinisius Junior (89).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:14, 05.12.2020.
O'qildi: 3610 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.