"Kadis" La Liganing 12-turidan o‘rin olgan bahsda "Barselona"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Bu andalusiyaliklarning "Barsa" ustidan qozonilgan uchinchi g‘alabasidir. So‘nggi bor "Kadis" "Barselona"ni 1991 yil may oyida 4:0 hisobida yengandi.
Ma’lumot uchun, "Kadis" o‘tgan mavsum Segundani yutib, La Ligaga yo‘l olgandi. Jamoa ayni damda turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda.