Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+2 | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Barns «MYU»da?!

Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi «Lester» yarim himoyachisi Xarvi Barnsni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Bu haqida "The Sun« nashri xabar tarqatmoqda. Manbada yozilishicha, »qizil iblislar« Jeydon Sancho bilan shartnoma imzolay olmagach, bor e’tiborini »tulkilar" yarim himoyachisiga qaratishgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Barnsning «Liverpul»ga o‘tishi borasida mish-mishlar paydo bo‘lgan edi.

Nima uchun Villian kelmadi?

Londonning «Tottenhem» jamoasi bosh murabbiyi - Joze Mourino Braziliya termasi a’zosi Villianning amalga oshmay qolgan transferi haqida fikr bildirdi.

"Afsuski, biz unga "Arsenal« taklif qilgan maoshni to‘lay olmas edik. U juda ham yaxshi futbolchi va mening do‘stim, biroq moliyaviy jihatdan bu transferni amalga oshirishga qurbimiz yetmas edi.»

Eslatib o‘tamiz, Villian yozda erkin agent maqomida Londonning boshqa bir klubi - "Arsenal" bilan shartnoma imzolagan edi.

Uinks ketadi

Londonning «Tottenhem» jamoasi yarim himoyachisi Xarri Uinks qishda klubini o‘zgartirishi aniq bo‘lib ulgurdi.

"The Mirror" nashrining ma’lum qilishicha, futbolchi Yevropa chempionatida ishtirok etmoqchi. Shu bois, to‘liq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish niyatida.

Manbaning ma’lum qilishicha, Uinks APLning o‘rtamiyona jamoasi bilan shartnoma imzolash orqali, o‘z sport formasini Yevropa chempionatiga qadar saqlab qolmoqchi.

Balotelli nimalar qilmoqda?

Italiya va Angliya klublaridagi faoliyati bilan barchaga yaxshi tanish bo‘lgan Mario Baloteli faoliyatini Italiyada davom ettiradi.

Bu haqida jurnalist - Fabrisio Romani ma’lum qilmoqda. Uning aytishicha, hujumchi dushanba kuni «Monsa» bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga imzo chekadi.

Boshqa Italiya nashrlari esa, bu ma’lumotni to‘liq rad etuvchi xabarlarni e’lon qilishda davom etmoqda. Unga ko‘ra, 30 yoshli futbolchi qishda Braziliyaning «Vasko Da Gama» jamoasi bilan shartnoma imzolash maqsadida uchib ketgan emush.

Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Kuman uni olib qolmoqchi

Kataloniyaning «Barselona» jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman Martin Bretueytning kelajagi borasida qayg‘urmoqda.

Gollandiyalik mutaxassis daniyalik futbolchini qishki transferlar chog‘ida sotib yuborishga qarshi chiqmoqda.

Goal nashrining ma’lum qilishicha, murabbiy futbolchining yana o‘z sport formasini tiklab olgani uchun unga yana bir imkon bermoqchi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq hujumchi bilan APLning bir nechta jamoasi qiziqib qolgani va «Barselona» qishda Martinni sotishga qaror qilgani haqida xabar bergan edik.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:34, 06.12.2020.
O'qildi: 8820 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.