Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Noyer IFFHS versiyasi bo‘yicha yilning eng yaxshi darvozaboniga aylandi

Noyer IFFHS versiyasi bo‘yicha yilning eng yaxshi darvozaboniga aylandi

Baho:
+ | -

"Bavariya" klubi va Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyer Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federasiyasi (IFFHS) versiyasi bo‘yicha 2020 yilning eng yaxshi posboni deb topildi.

Germaniyalik darvozabon o‘tkazilgan so‘rovnomada 320 ochko to‘pladi. U yaqin ta’qibchisi "Atletiko" posboni Yan Oblakni ortda qoldirdi (40). Uchinchi pog‘onani esa "Liverpul" darvozaboni Alisson band etdi (30).

34 yoshli Noyer faoliyati davomida beshinchi marta IFFHS tomonidan yil darvozaboni deb topildi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha u Ikera Kasilyas va Janluidji Buffonga yetib oldi.

IFFHS versiyasi bo‘yicha 2020 yilning eng yaxshi darvozabonlari reytingi:

1. Manuel Noyer ("Bavariya") — 320

2. Yan Oblak ("Atletiko") — 40

3. Alisson ("Liverpul") — 30

4. Tibo Kurtua ("Real") — 15

5. Mark-Andre ter Shtegen ("Barselona") — 10

6-8. Kasper Shmeyxel ("Lester") — 5

6-8. Keylor Navas (PSJ) — 5

6-8. Samir Xandanovich ("Inter") — 5.

Manba: soccernews.ru
Kiritildi: 18:27, 06.12.2020.
O'qildi: 3432 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик