Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/11 18:00 Paxtakor 0-2 OKMK
22/11 16:00 Neftchi - Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum - Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol

«Negr» so‘zini ishlatgan hakam ikki bor o‘z joniga qasd qilgan! Bu hali hammasi emas!

«Negr» so‘zini ishlatgan hakam ikki bor o‘z joniga qasd qilgan! Bu hali hammasi emas!

Baho:
+-1 | -

Stadion.uz PSJ va «Istanbul» klublari o‘rtasidagi o‘yinni buzib qo‘ygan, irqchilikda ayblangan hakam - Sebastan Kolsesku (yoki Kolsesku) haqida «dahshatli» ma’lumotlarni oshkor qiladi. 

Nima bo‘ldi o‘zi?

UYEFA chempionlar ligasi doirasidagi o‘yinda Istanbuldan kelgan futbolchilarga nisbatan «qora bola» so‘zini ishlatgan ruminiyalik hakam kun qahramoniga aylanib ulgurganidan xabaringiz bor. Uning o‘zini oqlash uchun aytgan so‘zlarini «Istanbul» a’zosi Ba yo‘qqa chiqarib tashladi. 

«Negru rumin tilidan »qora« degan ma’noni anglatadi. Bu so‘z deyarli barcha tillarda bir xil jaranglaydi. Uni anglash qiyin emas. Uning miyasida nimalar bor ekanligini bilib bo‘lmaydi. Men endi u haqida fikr bildirmoqchi emasman.»

U bilan avvalroq birga ishlagan sobiq hakam - Adrian Porumbyu esa, kasbdoshining aslida qanday inson ekanligi haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Chet tillarini bilish shart emas. Boz ustiga, futbolchini haqorat qilishga hech kimning haqqi yo‘q. To‘g‘risi, Kolsesku nima maqsadda bu so‘zlarni aytganidan xabarim yo‘q. Men uzoq yillar davomida unga bu so‘zlardan foydalanish mumkin emasligini aytgan edim. Afsuski, bu so‘zlar havoga uchgani kechagi o‘yinda yaqqol ko‘zga tashlandi."

U boshqargan o‘yinlardan birida ishtirok etgan futbolchi, 2010 yilda kattagina intervyu bergan edi. Adrian Porumbyu o‘sha voqeani yodga olishga qaror qildi. 
"To‘g‘risi, biz nima uchun aqldan ozganlarni ishga olayotganimizni bilmayman. Yana u hakam sifatida futbol o‘yinlarini boshqarib bormoqda. Agar u hakam sifatida faoliyat olib borayotgan bo‘lsa, demak biz qotillarni ham ishga yo‘llashimiz mumkin. Kolsesku to‘g‘ridan-to‘g‘ri ruhiy kasallar shifoxonasiga yotqizilishi lozim!"

U nima uchun o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lgan?

Ruminiya nashrlarining ma’lum qilishicha, qahramonimiz ancha avval o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lgan. Bunga futbol bilan bog‘liq vaziyat sabab ekanligi haqida ma’lumotlar mavjud. 

Hakamning otasi - Yon Kolseskuning (bir necha yil oldin) ma’lum qilishicha, o‘g‘li Ruminiyadagi futbolchilarga oid voqealarning qurboni bo‘lgan ekan. Uning o‘g‘liga o‘sha davrlardagi Ruminiya futbol rahbari Mircha Sandu qo‘ng‘iroq qiladi va Gresiyadagi bir nechta o‘yinni boshqarishini iltimos qiladi. Qahramonimiz bu taklifga rozi bo‘lgach, Gresiya chempionatidagi bir nechta o‘yinlarda ishtirok etadi. Ortga qaytgach, uni Ruminiya futbolidagi hakamlarning «cho‘qintirgan otasi» Goyergi Konstantin bilan qarama-qarshi bo‘lib qoladi. Konstantin qahramonimizga bir necha bor tahdid qiladi. U Ruminiya futbol rahbari bilan uning ruxsatisiz aloqada bo‘lgani uchun Kolseskuni jazolashini aytib o‘tadi. Ko‘p o‘tmay, Kolseskuni kelishgan o‘yinlarda ayblagan 5 yilga ozodlikdan mahrum qilishadi. Sebastan berilgan muddatning 3 yilini o‘taydi va ozodlikka chiqadi. 

Ko‘p o‘tmay, hakamlik karyerasini tiklaydi va yana ishga kirishib ketadi. Afsuski, u o‘zining ilk o‘yinlaridan birida («Gaz Metan» : «Brashov») bir nechta qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yadi. Shu bois, uni mavsum so‘nggiga qadar o‘yinlardan chetlatishadi. Hakamning otasi bergan ma’lumotlarga qaraganda, o‘g‘li hakamlik qilgan uchrashuvdan so‘ng hech qanday majlis ham uyushtirilmagan. Kolseskuga shunchaki bir yilga ishsiz qolgani aytilgan. O‘zi shundoq ham katta bosim ostidagi Sebastan nima qilishni bilmay qoladi va uyga kelib singlisiga o‘zini o‘ldirmoqchi ekanligi haqida sms yozadi. 

Oila a’zolari tezda tibbiy yordam va polisiyachilarga qo‘ng‘iroq qiladi. Ular yetib borguniga qadar uy eshiklari buzilgan va Sebastan qutqarib qolingan edi. Kolseskuning baxtiga o‘z vaqtida yetib kelgan vrach va qo‘shnilar uning hayotini saqlab qoladi. 

Ushbu voqea butun Ruminiya futboliga oshkor qilingach, Sebastanning hamkasbi Yon Krauchensku bu birinchi marotaba emasligini ma’lum qildi. 

"Bu ikkinchi marotaba. Afsuski, boshqa insonlar uni shu darajaga olib kelishgan. U rumin futbolidagi ayrim iflosliklarning qurboni bo‘lgan. Ular sekin-astalik bilan o‘ziga qarshi chiqqanlarni o‘limgacha olib borishadi. U men ko‘rgan so‘nggi yillardagi eng yaxshi hakamlardan biri."

Ushbu voqealar ovoz bo‘lgach, hakam bu shunchaki yolg‘iz qolishga urinish bo‘lganini ta’kidladi. U uyda yolg‘iz qolib yig‘lamoqchi bo‘lganini va hammasi joyida ekanligini aytdi.

Ushbu intervyularga javoban, Ruminiya futbolidagi hakamlarning kattasi Gergiy Konstantin oav orqali so‘zga chiqdi va bu so‘zlar uydirma ekanligini ta’kidladi. 

"Men uning otasi aytib bergan so‘zlardan hayron qoldim. Uning Gresiyada ishlaganidan xabarim yo‘q edi. Bunga mening aloqam bor deb hisoblamayman. Unga menda hech qanday shaxsiy adovat yo‘q. Uni FIFA hakamlari qatoridan nega o‘chirganman? Sababi, u juda ko‘p qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydi. U ketgach, uning o‘rnini to‘ldirishim lozim edi. Aslida, men uni mamlakatimizdagi eng iqtidorli hakamlardan biri deb hisoblayman. O‘rtamizdagi munosabatlarni yaxshi biladiganlardan so‘rang. Men unga ta’sir ko‘rsatuvchi ayrim do‘stlaridan uzoq bo‘lishini juda istaganman. O‘z faoliyatini to‘liq tiklab olishi uchun quyi ligalarga jo‘natganman. Men uning ayrim do‘stlari ta’sir doirasidan chiqib ketishi uchungina. Nima haqida gap ketayotganini Sebastanning o‘zi angladi deb o‘ylayman. »

Biroz «surgunda» yurgach, hakam o‘z xatolarini anglaganini oshkor qildi. O‘zini endi yangicha formatda tayyorlagani haqida bir necha bor aytib o‘tdi. 

«Menga ikkinchi imkoni berishgani uchun minnatdorman. Ular menga imkon berib xato qilishmadi. Barchaga hakam sifatida faoliyatimga nuqta qo‘ymaganimni isbotlab beraman. Men tezroq qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ygan o‘yinlarimni unutib yuborishim kerak. To‘g‘ri, o‘sha uchrashuvdan so‘ng yig‘laganim rost, ammo men tabiatan juda ta’sirli insonman.»

Juda og‘ir kelgan 2020 yil

Avgust oyida qahramonimiz o‘yin boshqarayotgan paytida otasidan ayrilganidan xabar topadi. Kolseskularning kattasi davosiz dard sababli olamdan o‘tgan edi. Bundan bir yil ilgari Sebastanning onasi ham olamdan ko‘z yumgan edi. Bu yil qahramonimizning ota-onasi to‘ylarining 45 yilligini nishonlashlari lozim edi. 

«Fanatik» nashrining ma’lum qilishicha, Parijdagi o‘yinni buzib qo‘ygan hakamga oila borasida omad kulib boqmagan. Aynan 2020 yilda u ikkinchi bor turmush qurgan ayoli bilan ajrashgan va uning bir qizi yetim bo‘lib qolgan. 

2007 yilda Kolsesku o‘zining birinchi turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan edi. Ular to‘yga qadar 8 yil tanish bo‘lishgan bo‘lsada, bu oila atigi bir necha oy birga bo‘ldi xolos. Bundan 4 yil ilgari esa, boshqa bir ayol to‘yga bir necha kun qolganida o‘z fikrini o‘zgartirgan va to‘y barbod bo‘lgan edi. Vaholanki, to‘yga keladigan insonlar uchun barcha to‘lovlar qilingan edi. 

2020 yildagi yana bir og‘ir voqea haqida alohida to‘xtalib o‘tmaslikning imkoni yo‘q. Uni FIFA hakamlar ro‘yxatidan o‘chirib tashlashdi. Uning o‘rnini FIFA boshqa bir ruminiyalik hakamlar bilan to‘ldirishga qaror qildi. 

Juda og‘ir o‘tgan yildan so‘ng, Kolsesku PSJ va «Istanbul» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda juda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. O‘zini bosib tura olmadi. Shu bois, keraksiz so‘zlarni aytib yubordi. Shunday bo‘lsada, professional hakam har qanday muammolarni maydon tashqarida qoldirishi lozim. Endi nafaqat xalqaro, balki Ruminiya chempionatidagi o‘yinlarda ham uni ko‘rmasligimiz deyarli aniq. Sababi, butun dunyo irqchilikka qarshi kurash olib borayotgan paytdaKolseskuning qilgan ishini kechirish juda va juda mushkul.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:02, 10.12.2020.
O'qildi: 11570 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.