Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

«Yuventus» YECHL oley-offida kimlarga qarshi o‘ynashi mumkin?

«Yuventus» YECHL oley-offida kimlarga qarshi o‘ynashi mumkin?

Baho:
+ | -

Stadion.uz Yevropa Chempionlar ligasidan oldin Turin super klubi to‘qnash kelishi mumkin bo‘lgan jamoalar bilan tanishtirib o‘tadi.

Turinning «Yuventus» jamoasi «Barselona» ustidan mehmonda yirik (3:0) hisobida g‘alaba qozongach, guruhda birinchi o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi. Endilikda, ularni nisbatan kuchsizroq raqiblar bilan o‘yinlar kutib turibdi. «Barselona»dan farqli o‘laroq, «zebralar»ga «Barselona»dan ko‘ra osonroq bo‘lishi aniq. Xo‘sh, Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi jamoa Yevropa chempionlar Ligasining pley-offida kim bilan to‘qnash kelishi mumkin?

"Atletiko Madrid"

Diyego Simeone boshchiligidagi jamoa ayni damda Ispaniya chempionligi uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Ularning YECHLdagi o‘yinlari ham ko‘ngildagidek deyish noo‘rin, ammo guruhdan chiqish vazifasini uddalay olishdi. «Lokomotiv», «Bavariya» va «Zalsburg» klublari bilan bir guruhdan o‘rin egallagan «matraschilar» 9 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallashdi. «Yuventus»ga "Atletiko Madrid« begona emas. Ular biroz avvalroq guruh bahslarida, undan avvalroq esa pley-offda to‘qnash kelishgan. Deyarli har safar Turin klubiga omad kulib boqqan desak, adashmagan bo‘lamiz. Ushbu juftlikda »Yuventus" favorit, biroq ro‘yxatimizdagi boshqa jamoalarning imkoniyati bundan ham pastroq.

«Borussiya M»

«Real»ga 6-turda yengilgan bo‘lsada, nemis jamoasi keyingi bosqichga yo‘llanma olishga muvaffaq bo‘lganidan xabaringiz bor. Ayni damda, bu klubdan nima kutishga ham hayronmiz. Ularda mashhur nomlar bo‘lmasada, kuchli, shakllangan jamoa mavjud. Aynan shu omil, tajribasiz Pirloga pand berib qo‘yishi mumkin. Shunga qaramay, futbolchilarning darajasi o‘rtasidagi farq baribir «Yuventus»ni bu juftlikning (agar tushib qolsa) asosiy favoriti deb qayd etishimizga majbur qiladi. Umuman olganda, o‘zgacha uchrashuv bo‘lishi aniq.

«Portu»

Portugaliya chempionatining «bayroqdori» bu mavsum YCHLda ancha ishonchli o‘yin namoyish etdi. So‘nggi turda «Siti» bilan durang qayd etgani tahsinga sazovor. «Marsel» va «Olimpiyakos»dan ustun kelgan jamoa haqli tarzda keyingi bosqich yo‘llanmasiga ega chiqdi. Endilikda, u «Yuventus» bilan to‘qnash kelishi mumkin. Agar bu juftlik hosil bo‘lsa, qanday o‘yin ko‘rishimiz mumkin? Birinchi navbatda bu bahs juda yopiq va murabbiylar kurashi ostida o‘tishi turgan gap. «Portu»da yangi nomlar yetarlicha topiladi. Bu yigitlar tezroq kuchli beshlikka ravona bo‘lish maqsadida «Yuventus»ga qarshi jang qilishga urinadi. Bunisi aniq. O‘tgan mavsumda «Lion»ham aynan shunday kuchli xohish evaziga «Yuventus»ni musobaqadan chiqarib yuborgan edi. Bu vaziyatda o‘yin qanday ko‘rinish olishi noma’lum. Shunday bo‘lsada, «Yuve» g‘oliblik uchun asosiy da’vogar bo‘lib qolaveradi.

«Sevilya»

Lopategi boshchiligidagi Andalusiya klubi «Chelsi»ga qarshi oxirigacha kurash olib bordi va kutilmaganda o‘z uyida qaqshatqich zarba qabul qilib oldi. Jiruning kiritgan 4 ta goli «Chelsi»ni guruh favoritiga aylantirdi. Oqibatda, endi ispanlar play-offda kuchli raqiblardan biri bilan to‘qnash kelishga majbur bo‘ladi. Guruh o‘yinlarida hech qanday muammoga duch kelmagan «Sevilya» chinakam kubok jamoasi ekanligini yaxshi bilasiz, ammo bu kubokning nomi Yevropa Ligasi! Ushbu jamoa Yevropa Ligasida istalgan klubni mag‘lub etadi, biroq YECHLda negadir ularga sira omad kelmaydi. Ayniqsa, play-off bosqichida «Sevilya»ni ko‘pincha grandlar «yanchib» tashlashadi. Shunga qaramay, ayni damda «Yuventus» uchun eng xavfli raqiblardan biri sifatida «Sevilya»ni ko‘rsatishimiz mumkin.

«RB Leypsig»

Katta ehtimol bilan «Yuventus» uchun eng asosiy raqib sifatida «buqalar»ni ko‘rsatishimiz mumkin. PSJ va «Manchester Yunayted» singari jamoalar joylashgan guruhdan omon chiqqan Nagelsman shogirdlari YECHLni o‘z musobaqasiga aylantirib bormoqda. O‘tgan mavsumdagi o‘yinlarda ko‘pchilikni hayron qoldirgan, hatto Timo Vernersiz ham "Atletiko«ni musobaqadan chiqarib yuborgan edi. Yulian Nagelsman 6-turda »qizil iblislar" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, pley-offda kim bilan to‘qnash kelishning umuman farqi yo‘q ekanligi haqida gapirdi. Aslida ham shunday. Nemis klubi o‘z uslubida sekin-asta xalqaro maydoni zabt etib kelmoqda. «Yuventus»ga qarshi uchrashuv esa, chinakam trillerga aylanishi mumkin. Yosh jamoa, yosh futbolchilar va yosh murabbiy Yevropaning eng keksa klublaridan biriga qarshi pley-offda to‘qnash kelmoqda! Yangicha qarashlar va eski urf-odatlar to‘qnashuvi! Ijrochilarga qarshi, jamoaviy o‘yin! Bu uchrashuv uchun turli afishalar berish mumkin. Betaraf muxlislar bu ikki klubning to‘qnash kelishini juda istashmoqda, lekin «Yuventus» muxlislarini? Katta ehtimol bilan, ular yuqoridagi biror klub bilan qur’ada ro‘para kelishni afzal ko‘rishlari aniq.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:33, 10.12.2020.
O'qildi: 7982 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.