Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Mourinyo APLning noyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi va unga o‘ziga xos uslubda munosabat bildirdi

Mourinyo APLning noyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi va unga o‘ziga xos uslubda munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Angliya premyer-ligasi «Tottenxem» bosh murabbiyi Joze Morinyoni noyabr oyining eng yaxshi murabbiyi deb topdi.

«Shporlar» o‘tgan oyda 4ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta g‘alabaga erishishdi va bitta durang natija qayd etishdi.

Portugaliyalik mutaxassis sovrin bilan birga olingan videorolikni o‘zining instagramdagi sahifasiga qo‘ydi va unga quyidagicha izoh yozdi:

«Bu yerda «oyning eng yaxshi murabbiyi» deb yozilgan, ammo men ushbu sovrinni jamoaga yoki murabbiylar shtabiga berilgan deb hisoblayman. Chunki gap bu yerda o‘yinchilar va men bilan birga ishlayotganlar — murabbiylar, assistentlar, ilmiy xodimlar, tahlilchilar va boshqa yigitlar haqida ketmoqda.

Sovrin uchun rahmat, ammo bu «oyning eng yaxshi murabbiyi» sovrini emas, balki «oyning eng yaxshi jamoasi» va «oyning eng yaxshi murabbiylar shtabi» uchun atalgan sovrindir".

Eslatib o‘tamiz, ushbu sovringa Frenk Lempard («Chelsi»), Ole-Gunnar Sulsher («Manchester Yunayted») va Devid Moyes («Vest Xem») da’vogarlik qilishgan edi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 14:33, 11.12.2020.
O'qildi: 4819 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.