Londonning "Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo Yevropa Ligasining 6-turida "Antverpen" klubiga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda zahira o‘rindig‘ida qolib ketgan Dele Allini norozi ekanligi borasida fikr bildirdi.
- Kelinglar, haqiqatdan uzoqlashib ketmaylik. Zahiradan besh nafar futbolchini maydonga tushishini tushunadigan futbolchi albatta baxtli emas. Biroq, men Allini zahira o‘rindig‘ida baxtli ekanligini kutmagandik, — Mourinyoning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal portali.