«Milan» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich o‘zining kelajakdagi rejalari va klubning hozirgi holati haqida fikr bildirdi.
«O‘z formamga kirib olish uchun ishlashda davom etaman. Jismoniy holatimni ushlab tursam, qolgani o‘z-o‘zidan hal bo‘ladi.
Hozirda klub ajoyib formada — barchasi yaxshi, a’lo darajada. Lekin hozircha biz hech narsa yutmadik. Buni unutmaslik kerak», – dedi Ibrahimovich.