Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq - Tailand
03/02 15:00 Yaponiya - Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya - Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya - Milan

Ronaldu «Yuventus»ning joriy mavsumdagi maqsadi nima ekanini aytdi

Ronaldu «Yuventus»ning joriy mavsumdagi maqsadi nima ekanini aytdi

Baho:
+ | -

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiya A seriyasining 11-turi doirasida "Jenoa"ga qarshi o‘yin (3:1) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"Maqsadimiz — har o‘yinda g‘alaba qozonish. Qiyin o‘yin bo‘ldi. Shaxsiy natijalar yoqimli, ammo asosiy maqsadimiz — har bir o‘yinda 3 ochkoni qo‘lga kiritish.

Yevropa chempionlar ligasida "Barselona" ustidan qozonilgan g‘alaba (3:0) juda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu g‘alaba o‘zimizga bo‘lgan ishonchni oshirdi. Endi biz e’tiborni A seriyaga qaratamiz. Murabbiy bizga o‘yinimizga o‘zgartirish kiritish kerakligini aytdi va biz buni amalga oshirdik.

"Yuventus"ning har yilgi maqsadi — A seriya va YECHLda g‘olib chiqish. Faqat bir jamoa chempionlikni qo‘lga kiritadi. Biz bunga ishonishimiz kerak", - dedi Ronaldu.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 09:00, 14.12.2020.
O'qildi: 4192 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.