Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Final chiptasi uchun kurash: AGMK-"Nasaf" (prevyu)

Final chiptasi uchun kurash: AGMK-"Nasaf" (prevyu)

Baho:
+ | -

O‘zbekiston chempionati hamda kubok doirasida 2008 yildan buyon davom etayotgan qarama-qarshilik: AGMK - "Nasaf" to‘qnashuvida 31-bellashuv.

Hozirga qadar o‘tkazilgan 30 uchrashuvda jamoamiz 6 g‘alaba, 10 durang va 14 mag‘lubiyat qayd etgan. Bu borada ustunlik raqib — "Nasaf" tarafida. To‘plar nisbati ham qarshiliklar foydasida: 27-45.

"Nasaf" joriy mavsum Superligada kumush medallariga ega chiqdi, AGMK esa o‘z tarixida ilk bor bronza medalini qo‘lga kiritdi. Chempionatda ham yonma-yon ketgan va mavsum davomida o‘zaro raqobatga kirishgan bu ikki jamoalar endilikda mamlakat kubogi finali yo‘lida Olmaliqda to‘qnashmoqda.

Chempionat sovrindorlari mavsumni kubok bilan tugatishni niyat qilgan. AGMK O‘zbekiston kubogi doirasida hali "Nasaf"ga mag‘lub bo‘lmagan. Lekin qarshiliklar bir marta AGMKni kubok musobaqasidan chiqarib yuborishgandi.

Jamoalar dastlab 2009 yilgi kubokda to‘qnash kelishgan va o‘shanda asosiy vaqtda g‘olib aniqlanmagach penaltilar seriyasida (6:7) omad "Nasaf"ga kulib boqqan.

AGMK O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritgan 2018 yili nimchorak finalda "Nasaf"ni dog‘da qoldirib, chorak finalga yo‘llanma olgan va keyinchalik O‘zbekiston kubogi sohibiga aylangandi.

AGMK va "Nasaf" jamoalarining O‘zbekiston kubogi doirasidagi o‘yinlari:

2009 yil
O‘zbekiston kubogi, 1/8 final.
AGMK - "Nasaf" 1:1 (pen: 6:7)

2018 yil
O‘zbekiston kubogi, 1/8 final.
AGMK - "Nasaf" 2:1
Gollar: Otabek Zokirov (28), Yovan Jokich (30) - Saydullo Rahmatov (74)


Ertangi bahs AGMK va "Nasaf" jamoalarining O‘zbekiston kubogidagi uchinchi to‘qnashuviga aylanadi. AGMK joriy mavsum O‘zbekiston kubogida dastlab "Lokomotiv"ni (3:0), keyinchalik "Metallurg"ni (4:3) musobaqadan chiqarib yubordi. "Nasaf" esa vodiy jamoalari "Andijon" (1:0) va "Navbahor" (2:1) ustidan g‘alaba qozondi.

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK jamoamiz ertangi yarim final bellashuviga jiddiy hozirlik ko‘rdi. Barcha olmaliqlik AGMK jamoasi muxlislarini ertaga soat 16:00da OKMK sport majmuasida boshlanajak muhim va qiziqarli o‘yinga taklif etamiz!

AGMK Siz aziz futbol ishqibozlarini xursand etish uchun maydonga saf tortadi va qatorasiga uchinchi marotaba final yo‘llanmasiga egalik qilish uchun kurashadi.

Maqsad va manzil aniq! Olg‘a, AGMK!

O‘zbekiston Kubogi, yarim final.

16 dekabr, chorshanba

AGMK — «Nasaf» (16:00)

Hakamlar: Akobirxo‘ja Shukurullayev, Aleksandr Sidorov, Baxtiyorxo‘ja Shavkatov, Abdurashid Xudoyberganov

Nazoratchi: Oleg Dachev

Komissar: Alisher Fayziyev

Manba: АГМК матбуот хизмати
Kiritildi: 21:50, 15.12.2020.
O'qildi: 2148 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.