Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

FK AGMK: Salom, Namangan!

FK AGMK: Salom, Namangan!

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi yarim final doirasida AGMK bugun Olmaliqda Qarshining "Nasaf" jamoasini qabul qildi.

Namanganda o‘tadigan finalga yo‘llanma beruvchi uchrashuvda AGMK chempionat grandlaridan biri "Nasaf"ni taslim qildi. O‘yin jamoamizning ustunligi va tashabbusi bilan boshlandi. Qator hujumlardan biri nihoyat samara keltirdi. Jokich-Sulaymonov-G‘ofurov tashkil etgan kombinasiyani Bahrom Abdurahimov muvaffaqiyatli yakunlab, o‘yinda AGMKni hisobda oldinga olib chiqdi.

Uchrashuvda hisobni ochgan jamoamiz bellashuvning qolgan qismini taktik taraflama a’lo darajada o‘tkazib, ishonchli va mustahkam himoyalandi. Valijon Rahimov va himoya chizig‘imiz "Nasaf"ning xavfli hujumlarini bartaraf etishda jonbozlik ko‘rsatdi. Ikkinchi taymda AGMK hisobni oshirishi uchun ham imkoniyatlar tug‘ildi. Biroq Grigalashvili, Nurmatov, Vatsadze va G‘ofurovning urinishlari golga aylanmadi.

Shu kuni taktik ko‘rsatmalarni a’lo darajada bajargan jamoamiz futbolchilari o‘yinda hakam xushtagi yangragunga qadar maydonda borlarini berib harakat qilishdi. Natijada yildan-yilga kuchayib, shakllanayotgan Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi AGMK qatorasiga uchinchi yil O‘zbekiston kubogi finaliga chiqdi. Shuningdek, AGMK o‘z tarixida ketma-ket to‘rtinchi finalda ishtirok etish arafasida turibdi.

O‘zbekistondagi so‘nggi to‘rt final AGMK ishtirokisiz o‘tmayotgani va finallarda ishtirok etish yoqimli an’anaga aylangani tarixiy va quvonarli holat.

AGMK jamoasi tom ma’noda yuksalish va rivojlanish yo‘lida. AGMK qisqa davr ichida o‘z oldiga yuksak maqsadlarni qo‘yadigan va jiddiy vazifalarni bajaradigan yuqori darajadagi jamoaga aylanmoqda. Bu albatta rahbariyat tomonidan jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovga berilgan imkoniyat va bildirilayotgan ishonch mevasi.

O‘zbekiston kubogi finalidagi raqibimiz avvalgi yillarda bo‘lgani kabi O‘zbekistonning amaldagi chempioni va kubok sohibi "Paxtakor" jamoasi bo‘ladi.

"Paxtakor" final yo‘ligacha Toshkentda "So‘g‘diyona" (8:1) va "Qizilqum" to‘sig‘idan o‘tib, yarim finalda "Qo‘qon-1912"ni mag‘lub etdi. AGMK esa dastlab Toshkentda "Lokomotiv"ni yirik hisobda dog‘da qoldirib, keyinchalik "Metallurg" (4:3) va "Nasaf"dan ustunlik qildi.

Bu galgi final o‘yini 20 dekabr kuni Namangan shahridagi "Markaziy" o‘yingohda bo‘lib o‘tadi. AGMK shu kuni O‘zbekiston kubog‘ida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, tarixiy mavsumga aylangan 2020 yilda bronza medallari qatoriga O‘zbekiston kubogi sovrinini ham qo‘shib qo‘yishga intiladi.

Kiritildi: 21:45, 16.12.2020.
O'qildi: 1785 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.