Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan barcha italiyalik futbolchilar

«Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan barcha italiyalik futbolchilar

Baho:
+ | -

Stadion.uz «oltin to‘p» sovrinini boshi uzra ko‘targan barcha italiyalik futbolchilarni yodga oladi. 

Omar Sivori 

20-asr o‘rtalarida ikkita fuqarolikka ega bo‘lish futbolchilarga ortiqcha muammo tug‘dirmas edi. Omar Sivori ham Italiyaga ko‘chib kelgach, o‘z kelajagini ayni shu jamoada ko‘rdi va adashmadi. Qahramonimiz «Yuventus» bilan shartnoma imzolagach, to‘liqligicha o‘zini Italiya futboliga bag‘ishladi. Argentinada tug‘ilgan bo‘lsada, Omar Italiya fuqaroligida to‘p surishga qaror qildi. Sivori 1961 yilda «Yuventus» safida o‘zining eng yaxshi mavsumini o‘tkazdi. Chempionlik qo‘lga kiritildi va Sivori to‘purarga aylandi. Mavsum so‘nggida esa, «France Football» Yevropaning eng yaxshi futbolchisi deb aynan Sivorini tan oladi. 

Janni Rivera

«Oltin bola» laqabini olgan Riverani bugungi avlod muxlislari yaxshi tanimasligi mumkin. 1969 yilda «oltin to‘p»ni o‘ziniki qilib olgan yarim himoyachi deyarli butun umrini «Milan» jamoasida o‘tkazgan desak, adashmagan bo‘lamiz. Aynan 1969 yilda «Milan» uning sardori ostida Yevropa chempionlar kubogida zafar quchadi. Sovrinni qabul qilib olgach, Rivera o‘sha mashhur so‘zlarini aytgan edi:

«Bilasizmi, »oltin to‘p« eng mashhur shaxsiy sovrin bo‘lsada, uni jamoaviy g‘alabalar uchun berishadi. Shunday ekan, futbolda hech qanday shaxsiy sovrin mavjud emas. »Milan« Yevropa chempionlar kubogida zafar quchdi! Demak, men sovringa ega chiqaman.»

Paolo Rossi

2020 yilning 9 dekabr sanasida vafot etgan Rossi ham Italiya futbolida o‘zidan iz qoldirishga muvaffaq bo‘lgan futbolchilardan biri edi. Aynan u Mishel Platini bilan birgalikda ajoyib tandem hosil qilgach, «Yuventus» yengilmas kuchga aylangan edi. 1982 yilga kelib, Rossi o‘zining eng kuchli sport formasiga kirib oldi. 1982/1983 yilgi mavsumda Rossi Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi. Keyin, Italiya bilan birgalikda JCHda oltin medallarga ega chiqdi. mavsum so‘nggida esa, uni Yevropadagi eng kuchli futbolchi deb e’tirof etishdi. O‘sha paytlarda, bu sovrin Yevropadagi futbolchilar orasida berilgan bo‘lsada, Rossi mundialda o‘z bu sovringa 100 foiz haqli ekanligini isbotlab qo‘ygan edi. 

Roberto Badjo

Afsonaviy futbolchi Italiyaning bir nechta klubida to‘p surgan bo‘lsada, unga «oltin to‘p» aynan «Yuventus» safidagi o‘yinlari uchun topshirilgan edi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, Italiyalik futbolchilarning aksariyati Turin super klubidagi faoliyati chog‘ida «oltin to‘p»ni boshi uzra ko‘tarishga muvaffaq bo‘lgan. Vaholanki, 1993 yilda «Yuvevntus» «a seriya»ni faqat 4-o‘rindagina yakunlagan edi. «Yuventus» jamoasiBadjo bilan birgalikda UYEFA kubogidagi ishonchli g‘alaba qozonadi. O‘sha turnirda Roberto juda ishonchli harakat qildi. E’tiborlisi shundaki, musobaqaning ikkita o‘yindan iborat finalida Badjo 2 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ladi va italiyaliklarga UYEFA kubogida zafar quchish imkoniyatini taqdim etadi. Mavsum so‘nggida esa, «Yuventus» hujumchisi Roberto Badjoga «oltin to‘p» taqdim etiladi. 

Fabio Kannavaro

Tan olish lozim, Kannavaroning «oltin to‘p»ga loyiq ko‘rilishi ko‘plab nashrlar tomonidan turli talqinda yoritilgan edi. Shunday bo‘lsada, tan olish lozim Fabio 2006 yilni juda yaxshi boshlagan edi. Italiya chempionligi, «a seriya»ning eng yaxshi himoyachisi sovrini. JCHda esa, Italiyaliklar butun musobaqa davomida atigi 2 ta gol o‘tkazib yuborishadi. Ulardan biti avtogol bo‘lsa, ikkinchi Zidan tomonidan penenko uslubida berilgan zarba edi. Bunday metin himoya ortida «Skuadra Adzurra»ning «jangchi» himoyachilari tutga o‘rni beqiyos.

Musobaqada Italiyaning g‘alaba qozonishi Kannavaroning «oltin to‘p» uchun imkoniyatlarini yanada yaxshiladi. Yakunda, u bu sovringa ega chiqqan 5-futbolchiga aylandi. Qahramonimiz sovrin uchun bahsda Anri, Ronaldino va Buffon singari afsonalarni ortda qoldiradi. E’tiborlisi shundaki, u bugungi kunga qadar ushbu sovringa ega chiqqan so‘nggi himoyachi bo‘lib turibdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:30, 18.12.2020.
O'qildi: 4977 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.