"Barcelona" afsonasi Rivaldo klub yetakchisi Lionel Messi "ko‘k-anorranglilar" safini tark etmaydi deb hisoblamoqda.
«Men Messi "Barselona"dan Yevropaning boshqa klubiga ketishiga ishonmayman. O‘ylaymanki, unda Ispaniyani tark etishga asos yo‘q, ammo agar bu sodir bo‘lsa, bu faqat Xitoy yoki MLS klubi uchun bo‘ladi. Ammo bu faqat Messi "Barselona"da o‘zgarishlarni to‘xtatgandan keyingina amalga oshishi mumkin.
Menimcha, Messi Yevropadagi faoliyatini bitta klubda o‘ynash bilan yakunlashi kerak. Agar u boshqa muhitdan bahramand bo‘lish va kamroq bosim ostida o‘ynashni xohlamoqchi bo‘lsa, u holda Xitoy yoki AQSH chempionatlariga yo‘l olishi kerak bo‘ladi», - dedi Rivaldo.