Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Marselo bunga loyiq emas edi

Marselo bunga loyiq emas edi

Baho:
+ | -1

Qanchalar buni istamasak ham, boshlangan narsaning doimo yakuni bo‘lishi lozim. Uzoq yillardan beri «qirollik klubi» sharafini himoya qilib kelayotgan braziliyalik futbolchi uchun Madriddagi sarguzashtlar o‘z yakuniga yetib bormoqda. Sezganingizdek, bugun Stadion.uz «Real Madrid» jamoasi a’zosi Marselo tushib qolgan ruhiy holat va jamoadagi o‘rni borasida fikr almashadi.

Achinarlisi shundaki, Marselo «Real»ning bu mavsumdagi 5 ta mag‘lubiyatining 4 tasida asosiy tarkibda to‘p tepgan edi. Bu kichik fakt murabbiy va futbolchi uchun juda ahamiyatli. O‘tmishdagi ajoyib mavsumlar uchun hech qaysi futbolchiga asosiy tarkibdan joy naqd qilinmaydi. Zidan buni barchadan yaxshiroq biladi desak, adashmagan bo‘lamiz.

 

Keling, tan olaylik Marselo o‘z nomiga yarasha futbol namoyish etmayapti. Madrid super klubi Marseloni 2006 yilda Roberto Karlosning o‘rnini egallashi uchun xarid qilgan edi. Uning transferini amalga oshirgan Miyatovich bu yigit Karlosdan ham o‘tib ketishini bashorat qilgan edi. Uning so‘zlari oradan ko‘p o‘tmay to‘liq oqladi. Karlosning darajasiga yetishishning imkoni yo‘qdek ko‘ringan bo‘lsada, Marselo vatandoshidan har jabhada o‘zib ketishga muvaffaq bo‘ldi. Ayniqsa, Yevropa chempionlar ligasidagi 4 ta g‘oliblikda qahramonimizning tutgan o‘rni beqiyos. Keling o‘sha musobaqalarning faqat final uchrashuvlarini yodga olamiz. 

2016 yilda Karlo Anchelotti Marseloni o‘yinga zaxiradan qo‘shgan edi. O‘sha, uchrashuvda qanot himoyachisi so‘nggi golni kiritgan va «Ateltiko»ni tor-mor etishda asosiy figuralardan biri sifatida tarixda qolgan edi. Qahramonimiz Beylning «Liverpul» darvozasiga kiritgan fantastik qaychi uslubidagi zarbasiga hammualliflik qilgan bo‘lsa, «Yuventus»ga qarshi uchrashuvda Asensioga gol kiritish imkoniyatini yaratib bergan edi. 

Aynan Kiyevdagi final uchrashuvidan so‘ng, biz Marseloni boshqa kuchli sport formada ko‘rganimiz yo‘q. Zidan ketgach, u asosiy tarkib futbolchisi maqomidan ayrildi. Avvaliga Solari Regilonni birinchi raqamli qanot himoyachisiga aylantirgan bo‘lsa, keyin kurashga Mendi qo‘shildi. Keling, tan olaylik Mendi va Regilon Marseloning darajasida hech qachon to‘p sura olmaydi, biroq Marselo ham o‘zining eng kuchli mavsumlarini o‘tkazib bo‘lgan. Shunday ekan, murabbiy yoshroq, g‘alabaga o‘ch qanot futbolchilarini afzal ko‘rishi tabiiy hol. 
Zidan qaytgach, o‘zining eski gvardiyasini atrofiga jamlashga urindi. Ramos, Varan, Kroos, Modrich, Benzema va Marselo. Bu yigitlarning deyarli barchasi murabbiy istaganidek to‘p tepmoqda, faqat Marselo hech o‘ziga o‘xshay olmayapti. Bunday vaziyatda murabbiy majburligidan Mendini asosiy planga olib chiqmoqda.

Boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas. Sababi, «Real» uchun ayni damda barcha frontlardagi o‘yinlarning qadri baland. «Barselona» singari sochilib ketmaslik uchun Zizu o‘z futbolchilarining ko‘ngliga qaramay o‘tiradigan payt emas. «Qaymoqranglilar» uchun 515 ta o‘yinda maydonga tushgan Marseloning klub bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilda o‘z yakuniga yetadi. Bundan 2 yil avval, dunyoning deyarli barcha grand jamoalari qanot himoyachisini o‘z safida ko‘rishni istadi. Hatto, Ronaldu uni «Yuventus»ga chorladi. U esa, barcha takliflarni rad etdi va avvalgi darajasiga chiqishdan umid qildi. Bu umidlar vaqt o‘tgan sari puchga chiqib bormoqda. Avvalgi tezligini yo‘qotgan, asosiy tarkibdan tushib qolishi odatiy xolga aylangan Marselo bilan endi grand klublar ham qiziqish bildirmay qo‘ydi. Marselo taqdirga tan berdi. U endi hech qachon o‘ziga, eng zo‘r mavsumlardagi to‘xtatib bo‘lmas Marseloga o‘xshamasligini chuqur his etib turibdi.

Shunday bo‘lsada, negadir «Real»dan ketmadi. Balki, keta olmagandir. Bunisi bizga qorong‘i. Shunisi aniq-ki, uni oldinda uni bundan battarroq bo‘lgan mavsumlar kutib turibdi.

Manba: Marca
Kiritildi: 20:00, 18.12.2020.
O'qildi: 13288 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.