Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari 1-1 Lechche
05/05 17:00 Osasuna 0-2 Betis
05/05 18:00 Navbahor 4-0 Lokomotiv
05/05 18:00 Brayton 1-0 Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi 5-0 Vest Xem
05/05 18:00 Empoli 0-0 Frozinone
05/05 18:00 Verona 2-1 Fiorentina
05/05 18:30 Bunyodkor 0-2 Surxon
05/05 19:15 Selta 3-2 Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul 4-2 Tottenhem
05/05 21:00 Milan 3-3 Jenoa
05/05 21:30 Valensiya 0-1 Alaves
05/05 23:45 Roma 1-1 Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D

«Real» tarixidagi eng yaxshi to‘purar kim? U Ronaldu emas!

«Real» tarixidagi eng yaxshi to‘purar kim? U Ronaldu emas!

Baho:
+ | -

Stadion.uz o‘z odatiga ko‘ra, grand klublar tarixidagi eng yaxshi to‘purarlarni o‘zgacha kriteriyalar orqali aniqlashda davom etadi.

Ushbu ruknimizning bundan avvalgi sonida Kataloniyaning «Barselona» jamoasi tarixiga nazar solgan edik. Endi navbat, «Real Madrid»ga. O‘lchovlarimiz o‘zgarmagan. Biz ushbu ro‘yxatga klub safida rasmiy 25 tadan kam bo‘lmagan o‘yin o‘tkazgan futbolchilarni jalb etganmiz. Ularning har bir o‘yinda o‘rtacha nechta gol kiritganiga qarab klub tarixidagi eng sermahsul futbolchini aniqlab olamiz. Agar o‘lchov haqida to‘liq tushunib olgan bo‘lsangiz, kuchli yettilikni e’tiboringizga havola etamiz.

Manuel Olivares

Kiritilgan gollar soni:32

O‘tkazilgan o‘yinlar soni:39

Har bir o‘yinda o‘rtacha gollar soni:0,82

Ispaniya futbolida o‘zidan iz qoldirishga muvaffaq bo‘lgan Oliverasni bugungi avlod yaxshi tanimasligi mumkin. Gap shundaki, hujumchi klub safida 1931-34 yillarda to‘p surgan. Shu 3 yil davomida u o‘zining gollari bilan jamoa uchun chempionlik va «qirol kubogi»da g‘alaba qozonishga ko‘mak beradi. U 1931/32 yilgi mavsumda 16 ta o‘yinda maydonga tushadi va o‘z hisobiga 14 ta gol yozdirib qo‘yadi.

Paino

Kiritilgan gollar soni:111

O‘tkazilgan o‘yinlar soni:128

Har bir o‘yinda o‘rtacha gollar soni:0,87

Paino ham o‘z vaqtida «Real»ning eng sermahsul futbolchilaridan biri bo‘lgan. 1948-53 yillar oralig‘ida to‘p surgan hujumchi ikki bor Ispaniya chempionatining eng yaxshi to‘purari uchun beriladigan sovg‘ani o‘ziniki qilib olgan. Uning faoliyati bundanda balandroq notaga ko‘tarilishi mumkin edi, ammo klub mutasaddilari jamoaga Alfredo Di Stefanoni olib kelishadi. Paino esa, zaxirada o‘tirishni istamaydi va klubni tark etadi. Shunga qaramay, uning namoyish etgan sermahsulligi tahsinga sazovor.

Ferens Pushkash

Kiritilgan gollar soni:195

O‘tkazilgan o‘yinlar soni:223

Har bir o‘yinda o‘rtacha gollar soni:0,87

Ortda qolgan asrning eng yaxshi futbolchisi deb bir nechta nashrlar tomonidan e’lon qilingan Vengriyalik afsona kuchli beshlikni ochib beradi. Uning 1958-1967 yillar oralig‘ida namoyish etgan o‘yini hali-hamon muxlislar og‘zidan tushmay kelmoqda. Aynan u «Real»ning ketma-ket Yevropa chempionlar kubogida zafar quchishini ta’minlab bergan desak, adashmagan bo‘lamiz. Uning gollari evaziga «qirollik klubi» 12 ta sovrinni boshi uzra ko‘tarishga muvaffaq bo‘lgan. 21 asr boshida o‘tkazilgan so‘rovnomada esa, muxlislar uni klub tarixidagi eng yaxshi 10 ta futbolchidan biri deb e’tirof etishgan.

Gaspar Rubio

Kiritilgan gollar soni:32

O‘tkazilgan o‘yinlar soni:36

Har bir o‘yinda o‘rtacha gollar soni:0,89

Gaspar «Real»ning uzoq o‘tmishidagi kichik «yulduzi» bo‘lgan bo‘lsada, o‘zining gollari bilan bizning ro‘yxatdan o‘rin olishni uddaladi. Qahramonimiz klub safida atigi 36 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushganiga qaramay, 32 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan. U futbolchilik faoliyatini yakunlagach, oilasi bilan Meksikaga ko‘chib ketadi va umrining oxiriga qadar murabbiy sifatida faoliyat olib boradi.

Manuel Adu

Kiritilgan gollar soni:36

O‘tkazilgan o‘yinlar soni:39

Har bir o‘yinda o‘rtacha gollar soni:0,92

Adu ham qisqa muddat «qaymoqrangilar» libosida harakat qilgan futbolchilardan biri sanaladi. Baland bo‘yli bo‘lishiga qaramay, maydonda tezkor harakatlari bilan ajralib turgan hujumchi klub safida 1939-1944 yillar oralig‘ida to‘p surgan. Uning gollari sababli «Real Madrid» chempionlikka erishadi. Shu bois, jamoa futbolchi bilan o‘rtadagi shartnomani yana cho‘zmoqchi bo‘ladi, ammo u oilaviy sabablarga ko‘ra Ispaniyani tark etadi. Keyinchalik, barchasiga ikkinchi jahon urushi sabab bo‘lganini futbolchining o‘zi intervyularda oshkor qiladi.

Krishtianu Ronaldu

Kiritilgan gollar soni:450

O‘tkazilgan o‘yinlar soni:438

Har bir o‘yinda o‘rtacha gollar soni:1,03


Bu futbolchini bugungi avlod muxlislari juda yaxshi taniydi. Balkim sarlavhada aynan uning ismi borligi uchun ham maqolaga ko‘z tashlashga qaror qilgandirsiz?! 2009 yilda klub safiga super yulduz maqomida tashrif buyurgan Ronaldu, 9 yil davomida bu maqomni ushlab qoldi. Qo‘shimchasiga, barcha zamonlardagi eng yaxshi futbolchilardan biri sifatida klubdagi barcha rekordlarni o‘ziniki qilib oldi. Klublar miqyosidagi barcha sovrinlarni o‘ziniki qilib oldi. Aynan shu jamoa safida u 4 bor «oltin to‘p»ga loyiq ko‘rildi. Umuman olganda, Krish va «Real» o‘rtasidagi hamkorlik haqida soatlab fikr almashish mumkin. Qizig‘i shundaki, Krish o‘zining har bir o‘yinda o‘rtacha bitta gol kiritgan bo‘lsada ro‘yxatdagi peshqadamlikni qo‘liga olishni uddalay olmadi. Xo‘sh, undan o‘zib ketgan kim ekan?

Fernandu Sanudo

Kiritilgan gollar soni:41

O‘tkazilgan o‘yinlar soni:38

Har bir o‘yinda o‘rtacha gollar soni:1,08

E’tiborlisi shundaki, Fernandu Sanudo atigi ikki yilgina jamoa sharafini himoya qilgan. 1934-1936 yillar oralig‘ida u kiritgan 41 ta gol yakunda Fernandoni jamoa tarixidagi eng sermahsul futbolchiga aylantirmoqda. Bu futbolchining nomi klubning ashaddiy muxlislari uchun begona emas. Sababi, o‘sha mashhur 8:2 (Jamoaning azaliy raqibi «Barselona» ustidan qozonilgan g‘alaba nazarda tutilmoqda) natijasida hujumchining o‘rni beqiyos. O‘sha uchrashuvda Sanudo Kataloniya klubi darvozasiga 4 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ladi. Ushbu ruknimizning o‘tgan sonida Messi braziliyalik Ronaldoga «engilgan» edi. Bu safar Ronaldu deyarli bir asr oldin to‘p tepgan futbolchiga yeta olmadi. Xo‘sh, ushbu ruknimizdagi keyingi klub kim bo‘lishini xohlaysiz? Izohlaringizni albatta qoldiring!

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:19, 19.12.2020.
O'qildi: 10669 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.