Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Mash’al» ispaniyalik murabbiy bilan shartnoma imzoladi

«Mash’al» ispaniyalik murabbiy bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

Superligada debyut qilgan Muborakning “Mash’al” jamoasi yangi mavsum uchun o‘z yurishlarini boshladi.

“Mash’al” ispaniyalik Serxio Marinangeli bilan kelishuvga erishdi. U Dilyaver Vaniyev boshchiligidagi murabbiylar shtabida ish boshlaydi. Serxio jamoada maslahatchi murabbiy lavozimida faoliyat olib boradi.

Marinangeli bunga qadar pro-ligada “Oq-tepa” jamoasida ishlab kelayotgandi.

Ma’lumot o‘rnida. Ispaniyalik mutaxassis Serxio Mariangeli 2015-2017 yillarda Ekvatorial Gvineya terma jamoasida bosh murabbiy Esteban Bekkerga assistentlik qilgan hamda 2015 yilgi Afrika Millatlar kubogida yarim final bosqichigacha olib borib qit’aning kuchli to‘rt jamoasi qatoridan joy olishida katta hissa qo‘shgan.

Mariangeli faoliyati davomida murabbiy sifatida 2014-2015 yillarda Ispaniya chempionatining birinchi ligasi vakili "Eskuyela Futbol Aluche" jamoasida bosh murabbiy, 2016-2017 yillarda Madrid yoshlar jamoasi bo‘lmish "Yunion Deportiva Tres Santos" klubida, 2017 yildan bugungi kungacha esa Madrid ligasining "Iglesias La Vid" klubida faoliyat yuritib kelgan. 2019 yilda UYEFA Pro lisenziyasini qo‘lga kiritgan. "Real Madrid", "Atletiko Madrid" klublarida malaka oshirgan shuningdek APL ishtirokchisi "Lids" klubi bosh murabbiyi Marselo Byelsa qo‘l ostida amaliyot o‘tagan.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 11:51, 19.12.2020.
O'qildi: 4429 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик