Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

YECHL to‘plarining evolyusiyasi 1991-2021

YECHL to‘plarining evolyusiyasi 1991-2021

Baho:
+ | -

Stadion.uz Yevropa Chempionlar ligasini musobaqasida foydalaniladigan to‘plar borasida fikr almashadi. Ushbu to‘plarning qachon urfga kirgani va qay tariqa o‘zgarib borganini bilmoqchimisiz? Unda maqolani oxirigacha o‘qing!

Logotip tarixi

1991 yilda UYEFA barchani zeriktirib yuborgan UYEFA chempionlar kubogining o‘rniga boshqacharoq formatdagi musobaqani yo‘lga qo‘yish haqida bosh qotirishni boshladi.

Yil o‘rtalarida esa, yangi format va yangicha uslubdagi musobaqa reglamenti tuzib chiqildi. Avval boshida, musobaqaning formati hozirgisidan keskin farq qilgan. 32 ta jamoa qur’a natijasiga ko‘ra o‘zaro to‘qnash kelgan va ulardan 16 tasi musobaqani tark etgan. Keyin yana pley-off va 8 ta kuchli jamoa qoladi. Ushbu jamoalar esa, ikki guruhga bo‘linadi va uyda-mehmonda formatida kuch sinashadi.

O‘z guruhida birinchi o‘rinni egallagan ikki jamoa esa, finalda to‘qnash keladi. Aynan shu formatdagi musobaqa sababli turnir tashkilotchilari logotipga 8 ta yulduzchani asosiy figura tariqasida olib chiqadi. Musobaqaning formati keyinroq o‘zgardi, ammo logotipdagi 8 ta yulduz saqlanib qoldi.

Ushbu logotip ustida ish olib borgan Fil Klemensning mehnatlarini alohida e’tirof etish lozim. Aynan u 29 yildan beri eskirmay kelayotgan universal logotipni yaratishga muvaffaq bo‘lgan. Ushbu logo istalgan rangdagi fonda ham o‘z jozibasini yo‘qotmay kelmoqda.

To‘pning tarixi

Musobaqa tezda muxlislar orasida ommalashgan bo‘lsada, maxsus to‘pni joriy etish uchun 10 yil ketdi. Faqat 2001 yilga kelibgina jamoalar maxsus to‘plardan foydalanishga qaror qilishdi. Bunaqa qadar, musobaqa ishtirokchilari o‘zlarining titul homiylari tomonidan taqdim etilgan to‘plarda maydonga tushar edi.

Misol uchun: Agar «Barselona» va o‘z uyida ADIDAS foydalansa, boshqa bir jamoa o‘z uyidagi uchrashuvda «Nike» to‘plarida maydonga tushgan. UYEFA maxsus to‘pni yaratish maqsadida 1998 yilda Amerikaning «Nike» kompaniyasi bilan hamkorlik tuzdi. Ushbu kompaniya katta inqilob qilishni istamadi va turnir logotipidagi yulduzchalarni to‘pga ko‘chirdi.UYEFA tomonidan taqdim etilgan ilk YECHL to‘piga «Finale» nomi beriladi va uning huquqi «ADIDAS» kompaniyasi tomonidan o‘zlashtirildi. «Nike» qancha urinmasin, bu borada Yevropalik raqobatdoshlaridan o‘zib keta olmadi. Avvaliga ko‘plab dizaynerlar to‘pning juda ham bachkana chiqqani haqida yozishadi, biroq muxlislar orasida bu to‘plar juda mashhur bo‘lib ketadi.

Aynan o‘sha yildan boshlan, turnir o‘z ishtirokchilariga maxsus to‘plardan foydalanish taklifi bilan chiqdi. Bu taklif 2006 yilga kelibgina barcha jamoalar bir xil to‘pda foydalanishi lozimligi haqida qaror qabul qilindi.

«ADIDAS» musobaqaning asosiy to‘p yetkazib beruvchi kompaniyasiga aylangach, bor e’tiborini yangicha dizaynga qaratdi. Aynan shu kompaniya tomonidan turnirning final o‘yini bo‘lib o‘tadigan shahar nomi to‘pda aks ettirilish yo‘lga qo‘yildi. Birinchi bo‘lib bunday baxtga Gresiya shahri loyiq ko‘rildi. 2006 yildagi final aynan o‘sha shaharda o‘tkazilgani uchun ham to‘pga Athens nomi berildi.

2008 yildan boshlab har bir musobaqaning finali uchun maxsus to‘plar ta’sis etilishi boshlandi. Yillar o‘tishi bilan to‘p yanada mukammalashdi va dizaynerlar yanada ko‘proq ter to‘kishga tushib ketishdi. Birinchi bo‘lib katta sahnaga 2008 yildagi final uchun ishlab chiqilgan to‘p chiqdi. Rossiya poytaxtida bo‘lib o‘tgan o‘yin uchun «ADIDAS» qizil rangdagi to‘plarni taqdim etdi. Ushbu to‘pda Kremlning naqshlari bilan birgalikda, qizil rangdagi qizil yo‘lak aks etilgan edi.

2009 yildagi final Rimda bo‘lib o‘tgani uchun Dizaynerlar Kolizey maydoni va gladiatorlarni aks etishga urindi.

2010 yilda final Madridda bo‘lib o‘tdi. Ushbu to‘pda shu kunga qadar final uchrashuvlari bo‘lib o‘tgan shaharlar nomi aks ettirilgan.

2011 yilda final Londondagi «Uembli» arenasida bo‘lib o‘tdi. Shu bois, to‘pda ingliz futbolidagi asosiy logotip sher aks etgan.

2012 yilda finalga Myunhen mezbonlik qilgan. «Bavariya» o‘z uyida g‘alaba qozona olmagan o‘yinida to‘pga «Alyans Arena»ning asosiy ranglari aks ettirilgan.

2013 yilda yana London finalga mezbonlik qildi. To‘pda esa, Angliya futbol assosiasiyasining 50 yillik to‘yi aks ettirilgan.

2014 yildagi final Lissabonda bo‘lib o‘tdi. Unda ushbu shahardagi eng mashhur arxitektorlik inshootlaridan biri aks ettirilgan.

2015 yilda final Berlinga ko‘chirildi. Ushbu shaharning ko‘chalari aks etgan surat esa, to‘pda ko‘rinish berdi.

2016 yilda final uchrashuvi tarixiy «San Siro»da bo‘lib o‘tadi. Ushbu bahs uchun «Laskala» operasi va Stadionning asosiy ranglari birinchi planga olib chiqilgan.

2017 yilda Uels poytaxt finalni yuqori darajada o‘tkazdi. To‘pda esa, kutilganidek Uelsning ramzi sanalgan ajdarho ko‘rinish berdi.

2018 yildagi final Kiyevda bo‘lib o‘tdi. Dizaynerlar ortiqcha ko‘rk berib o‘tirishgani yo‘q. Shunchaki, to‘pga Ukraina bayrog‘ining ranglari berildi. 

2019 yildagi finalda Madrid shahri mezbonlik qildi. Ushbu mamlakatning barcha ko‘zga ko‘ringan inshootlari to‘pda aks etdi.

2020 yildagi final uchun yaratilgan to‘p qolganlaridan to‘liq o‘zib ketdi desak, adashmagan bo‘lamiz. Nafaqat sotuv borasida, balki dizayn borasida ham to‘p ancha ildamlab ketdi. Ushbu to‘pda Istanbul shahrining yangi ko‘rinishi xaritasi aks etgan bo‘lib, bu ushbu shaharga sun’iy yo‘ldosh tomonidan olingan suratdan foydalanilgan.

2021-? Hozircha, joriy mavsumning final uchrashuvida foydalaniladigan to‘p haqida hech qanday ma’lumot mavjud emas. Shunday bo‘lsada, yangi to‘pda mezbon shahrining ranglari yoki qaysidir belgisi aks etishi turgan gap.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:32, 19.12.2020.
O'qildi: 11872 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.