Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti 3-1 Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter 1-1 Lasio
19/05 22:00 Valensiya 1-3 Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal 4-4 Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao 2-0 Sevilya
19/05 22:00 Atletiko 1-4 Osasuna
19/05 22:00 Barselona 3-0 Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis 0-2 Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis 0-0 Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka 2-2 Almeriya
19/05 22:00 Granada 1-2 Selta
19/05 23:45 Roma 1-0 Jenoa
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

O‘zbekiston futbol assosiasiyasining Oston O‘runov bo‘yicha bayonoti

O‘zbekiston futbol assosiasiyasining Oston O‘runov bo‘yicha bayonoti

Baho:
+1 | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

“SKA-Xabarovsk” futbol klubi bosh murabbiyi, sobiq futbolchi Sergey Yuranning “Match Premyer” telekanaliga bergan intervyusida O‘zbekiston milliy terma jamoa a’zosi Oston O‘runov haqida fikrlari muhokamalarga sabab o‘ldi. O‘z navbatida uning O‘runovning yoshi 4-5 yilga katta ekanligi haqidagi so‘zlari O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda butun o‘zbek futboli jamoatchiligini hayron qoldirdi.

Oston O‘runov O‘zbekistonning o‘smirlar, yoshlar, olimpiya va Milliy terma jamoalari safida xalqaro miqyosdagi uchrashuvlarda maydonga tushib kelmoqda. Qit’ada yosh kichraytirish bilan bog‘liq muammolarni oldini olish uchun Osiyo futbol konfederasiyasi tomonidan qo‘yilgan talabga muvofiq O‘runov bir necha bor Magnit-rezonans tomografiyasidan (MRT) o‘tkazilgan. Tahlil xulosasiga ko‘ra futbolchining OFK tasnifiga kiruvchi musobaqalarda ishtirok etishiga ruxsat berilgan.

Sergey Nikolayevich, shubhasiz, haqiqatdan bexabar va o‘zbek futbolidagi hozirgi vaziyat to‘g‘risida umuman tasavvurga ega emas. Nafaqat O‘zbekiston futbol assosiasiyasi, balki O‘zbekiston hukumati ham futbolchilarning yosh kichraytirish bilan bog‘liq muammolarga qarshi kurashishda barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirib kelmoqda. Istisnosiz barcha futbolchilarning hujjatlari, ularning yoshligidan boshlab, shu jumladan Respublikaning vakolatli organlari tomonidan o‘rganiladi va tekshirib boriladi.

Oston O‘runov nafaqat mamlakatimiz, balki butun Osiyodagi iqtidorli va istiqbolli futbolchilardan bir hisoblanadi. Futbolchiga nafaqat Rossiyaning, balki Yevropaning boshqa mamlakatlaridagi qiziqish katta. Ishonchimiz komilki, agar O‘runovning yoshi kichik qilib ko‘rsatilgan yoki Sergey Yuran fikr bildirganidek “hamma bu haqda bilgan” bo‘lsa, chet elda mazkur futbolchiga bunday faol qiziqish bo‘lmagan bo‘lar edi.

Yuranning o‘ylamay aytgan so‘zlari Oston O‘runovning obro‘siga putur etkazadi hamda butun O‘zbekiston va Osiyodagi futbolchilarni tayyorlash tizimiga soya soladi. Sobiq futbolchi Sergey Yuran uning so‘zlari tufayli futbolchiga qanday ma’naviy zararni yetkazib qo‘yganini anglolmasa ham kerak. Ko‘rinishidan odob-axloq, to‘g‘riso‘zlik va o‘zi kabi futbolchilar bilan birdamlik tushunchalari Yuran uchun begonaga o‘xshaydi.

Biz Sergey Yuranning bayonotini asossiz va mas’uliyasizlik deb hisoblaymiz hamda Oston O‘runovning yoshi bo‘yicha aytgan ayblovlari uchun darhol aniq dalil-isbot keltirishini talab qilamiz. Bundan tashqari ushbu mutaxassis Oston O‘runov, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda butun o‘zbek futboli jamoatchiligidan rasmiy ravishda uzr so‘rashini talab qilamiz.

Shuningdek, Rossiya futbol ittifoqi (RFS) Etika qo‘mitasini ushbu holatni sinchkovlik bilan o‘rganishga hamda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Oston O‘runovga, o‘z navbatida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi obro‘siga putur yetkazadigan ayblov bilan chiqish qilgan Sergey Yuranga chora ko‘rishga chaqiramiz

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 21:10, 19.12.2020.
O'qildi: 9052 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.