Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari 1-1 Lechche
05/05 17:00 Osasuna 0-2 Betis
05/05 18:00 Navbahor 4-0 Lokomotiv
05/05 18:00 Brayton 1-0 Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi 5-0 Vest Xem
05/05 18:00 Empoli 0-0 Frozinone
05/05 18:00 Verona 2-1 Fiorentina
05/05 18:30 Bunyodkor 0-2 Surxon
05/05 19:15 Selta 3-2 Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul 4-2 Tottenhem
05/05 21:00 Milan 3-3 Jenoa
05/05 21:30 Valensiya 0-1 Alaves
05/05 23:45 Roma 1-1 Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D

«Liverpul» jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar kim? U Suares yoki Torres emas!

«Liverpul» jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar kim? U Suares yoki Torres emas!

Baho:
+ | -

Stadion.uz o‘z kriteriyalari bo‘yicha grand klublar tarixidagi eng sermahsul futbolchilarni aniqlashda davom etadi. Bundan avvalgi sonlarimizda «Barselona» va «Real Madrid» klubida to‘p surgan futbolchilar haqida fikr almashgan edik. Endi navbat Angliyaning eng kuchli klublaridan biri sanalgan «Liverpul» jamoasiga!

Aslida, klub tarixidagi eng ko‘p gol kiritgan futbolchini aniqlash qiyin emas. Shu bois, biz g‘olibni aniqlashning biroz o‘zgacharoq uslubini tanladik. Unga ko‘ra, klub safida 25 tadan kam o‘yin o‘tkazmagan futbolchilarning o‘rtacha bir o‘yinda nechta gol kiritgani asosiy mezon sifatida tanlab olinadi. Shu tariqa, qaysi futbolchi jamoa uchun eng foydali bo‘lganini aniqlashga urinib ko‘ramiz.

Toni Xeytli

Gollari soni:28

O‘tkazilgan o‘yinlar soni:54

Har bir o‘yinda o‘rtacha gollar soni:0,52

Angliyalik hujumchi klub safida atigi bir yarim mavsum to‘p surgan xolos. 1967/68 yilgi mavsumda qahramonimiz 54 ta o‘yinda maydonga tushgan o‘z hisobiga 28 ta gol yozib qo‘ygan. Shuningdek, uning faoliyati davomida «Chelsi», «Aston Villa» singari boshqa jamoalar ham bo‘lgan. Hujumchi o‘sha klublarda ham o‘zining sermahsulligi bilan ajralib turgan desak, adashmagan bo‘lamiz. O‘zini juda yaxshi namoyish etgan bo‘lsada, Bil Shenkli tomonidan keraksizga chiqariladi.

Maykl Ouen

Gollari soni:158

O‘tkazilgan o‘yinlar soni: 297

Har bir o‘yinda o‘rtacha gollar soni:0,53

Maylkni muxlislarga ortiqcha tanishtirishning hojati yo‘q. «Liverpul» safidagi o‘yinlari sababli «oltin to‘p»ga loyiq ko‘rilgan hujumchi 1996-2004 yillar oralig‘ida «mersisaydliklar» sharafini himoya qilgan. Shu vaqt orasida, u 297 ta o‘yinda ishtirok etishga ulgurdi. Aslida, bu ko‘rsatgich bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin edi, ammo jarohatlar hujumchiga o‘zini to‘liq ko‘rsatishiga to‘sqinlik qiladi.

Rojer Xant

Gollari soni:167

O‘tkazilgan o‘yinlar soni: 299

Har bir o‘yinda o‘rtacha gollar soni:0,56

Afsonaviy ingliz futbolchisini bugungi avlod muxlislari yaxshi tanimasligi aniq. Xant naqd 11 yil davomida «Liverpul» klubida to‘p tepgan. Shuningdek, Angliya terma jamoasi bilan birgalikda JCHda g‘alaba qozondi. Rojer «qizillar» safida 2 ta chempionlik, 3 ta kubok va 3 ta super kubokda zafar quchdi. 1958-1969 yillar oralig‘ida u jamoa sardori darajasiga qadar ko‘tarildi.

Fernando Torres

Gollari soni:81

O‘tkazilgan o‘yinlar soni: 142

Har bir o‘yinda o‘rtacha gollar soni:0,57

«Liverpul» klubi «Atletiko Madrid» hujumchisi uchun katta pul to‘laganida, ko‘plab nashrlar ushbu transferni omadsizlikka uchrashini taxmin qilgan edi. Torres esa, barcha tanqidchilarni uyaltirib qo‘ydi. 2007-2011 yillar orasida qahramonimiz raqiblari darvozasini 81 bor ishg‘ol qildi va APLning eng yaxshi to‘purariga aylandi. Shuningdek, u terma jamoa safida Yevropa chempionligi va Jahon chempionligini nishonladi. Afsuski, «Chelsi» bilan tuzilgan shartnoma sababli uni «Liverpul» kechira olmadi.

Dan Oldrij

Gollari soni:62

O‘tkazilgan o‘yinlar soni: 101

Har bir o‘yinda o‘rtacha gollar soni:0,61

Yan Rash «Liverpul»ni tark etgach, 1987 yilda klub irlandiyalik Oldrijni klubga jalb etdi. Hujumchi atigi ikki mavsum to‘p surgan bo‘lsada, raqiblar darvozasini 61 bor ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. E’tiborlisi shundaki, u qisqa muddatda muxlislarning yoqimtoyiga aylanib oladi. Shu bois, asr so‘nggida o‘tkazilgan klub tarixidagi eng kuchli futbolchilar o‘rtasidagi so‘rovnomada uning nomi tilga olingan. To‘g‘ri, yakunda u kuchli yuztalikda qolib ketdi, ammo uni «Liverpul» muxlislari hali-hamon xotirlashadi.

Luis Suares

Gollari soni:82

O‘tkazilgan o‘yinlar soni: 133

Har bir o‘yinda o‘rtacha gollar soni:0,62

Luis haqida ham ortiqcha ta’rif berish shart emas. Urugvaylik futbolchi bilan birgalikda «Liverpul» uzoq kutilgan chempionlikni nishonlashga juda yaqin kelgan edi, biroq Jerrardning sirpanib ketishi barchasini rasvo qilgan edi. Suares 2011-2014 yillar oralig‘ida klub uchun 82 ta gol kiritdi va bu borada Fernando Torresdan bitta golga o‘zib ketdi. Uning «Barselona»ga juda katta summa evaziga sotib yuborilishi esa, klubni kelajak uchun katta qadam tashlashi uchun ko‘mak berdi.

Muhammad Salah

Gollari soni:109

O‘tkazilgan o‘yinlar soni: 169

Har bir o‘yinda o‘rtacha gollar soni:0,64

Misrlik futbolchi 2017 yilda «Liverpul» a’zosiga aylandi va rekordlar qo‘yishni boshlab yubordi. Uning transferi Klopp tomonidan yaratilgan kuchli mexanizmning ishga tushishi uchun ko‘mak berdi desak, adashmagan bo‘lamiz. Salah klub safida 100 ta gol kiritish uchun eng kam o‘yin sarflagan futbolchi sanaladi. Stadion.uz kriteriyalari bo‘yicha aynan u «Liverpul» klubi tarixidagi eng sermahsul futbolchi bo‘lib chiqdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:12, 20.12.2020.
O'qildi: 7914 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.