Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/11 18:00 Paxtakor 0-2 OKMK
22/11 16:00 Neftchi - Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum - Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol

Hamma ham Xoland yoki Mbappe bo‘la olmaydi! Omadsizlikka uchragan qimmatbaho o‘spirinlar

Hamma ham Xoland yoki Mbappe bo‘la olmaydi! Omadsizlikka uchragan qimmatbaho o‘spirinlar

Baho:
+ | -

Futbol olamida hozir 16-17-yoshdagi futbolchilarning grandlar e’tiborini qozonishi odatiy holga aylanib bo‘ldi. Ularning bitta yorqin mavsum o‘tkazishi bilanoq transfer summasi ko‘tarilib ketishiga o‘rganib ham qoldi. Afsuski, bunday futbolchilarning barchasi ham kuchliroq klubga o‘tganida o‘zini to‘liq namoyish eta olmaydi. Ba’zilari esa, shunchaki keraksiz futbolchiga aylanib qolishadi. Bugun ana shunday omadsizlikka uchragan yosh futbolchilar bilan tanishtirib o‘tamiz. 

Valeriy Bojinov - «Fiorentina» 

Bolgariyalik futbolchilarni kuchli beshlikda har doim ham uchratavermaysiz. Shunday bo‘lsada, ora-orada ushbu yurtdan ham kuchli ijrochilar chiqib turadi. 2005 yilning yanvar oyida «Fiorentina» shundan umid qildi shekilli 17 yoshli Bojinov uchun o‘sha paytlarda juda katta summa bo‘lgan 14 million yevroni sarf etdi. Bojinov «binafshalar» safida o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q.

Uning tezkorligi va kuchli zarbalari qayergadir yo‘qolib qolgandek tuyuldi. Keyin, klub uni «Manchester Siti»ga o‘tishiga qarshilik qilgani yo‘q. Achinarlisi shundaki, Valeriy Angliyada ham o‘zini ko‘rsata olmadi va Italiyaga qaytib keldi. Ayni damda, «Levski» jamoasida to‘p surayotgan futbolchi faoliyati davomida 15 ta klub sharafini himoya qildi, ammo kutilgan natijani qayd eta olmadi. 

Alberto Penyaranda - «Uotfurd»

 

«FIFA» simulyatori bilan yaqin tanish bo‘lgan insonlar uchun bu futbolchi begona emas. Sababi, video o‘yinda aynan Alberto kelajakda super futbolchi bo‘lib yetishishi taxmin qilingan edi. Tezkor futbolchi uchun kurashda Angliyaning «Uotfurd» klubi g‘olib chiqdi va uning transferi uchun 10,6 million yevroni sarfladi.

Ingliz klubi futbolchini 2016 yilda o‘z safiga qo‘shib oldi. Alberto klub bilan bir hafta mashg‘ulot o‘tkazgach, uni ijara asosida Ispaniyaga jo‘natib yuborishdi. Afsuski, Penyaranda biror marotaba «Uotfurd» libosini kiymadi. U 4 yil davomida turli chempionatlarda ijara asosida to‘p surdi va klubni yakunda erkin agent sifatida tark etdi. O‘zining 18 yoshlik chog‘ida 10 million yevroga baholangan futbolchi hozir 23 yoshda. Uning so‘nggi klubi hozircha Bolgariyaning «Sofiya» jamoasi bo‘lib turibdi. 

Pablo Moreno - «Manchester Siti» 

Kataloniyaning «Barselona» jamoasi tarbiyalanuvchisi bo‘lsada, 2018 yilning oxirida uni «Yuventus» o‘z tomonidan og‘dirib olishga muvaffaq bo‘ldi. Qahramonimiz Italiyada o‘zini juda yaxshi ko‘rsatgach, «Barselona» Moreno uchun Turin klubiga 5 million yevro taklif qildi. Futbolchiga esa, 5 yillik shartnoma! E’tiborlisi shundaki, o‘sha vaziyatda transferga«Manchester Siti» aralashdi.

Gap shundaki, ispaniyalik iqtidor egasini shaxsan Pep Gvardiola o‘z jamoasida ko‘rmoqchi edi. Da’vogarlar ortgach, transfer summasi ham bir sutka ichida 10 million yevroga qadar ko‘tarildi. «Yuve» tekinga kelgan futbolchini o‘ylab o‘tirmay ingliz klubiga sotib yubordi. Pablo o‘zi istaganidek kuchli mutaxassis qo‘l ostida o‘smoqchi edi, ammo «shaharliklar» uni «Jerona»ga ijara asosida berib yuborishdi. Ayni damda, Moreno Ispaniyaning zerikarli ikkinchi ligasida ishtirok etmoqda. So‘nggi uchrashuvlarda uni «Jerona» murabbiy deyarli asosiy tarkibda maydonga tushirmayapti. 

Fakundo Kolido - «Inter»

2017 yilda 17 yoshli argentinalik futbolchini «Inter» o‘z safiga qo‘shib olishga muvaffaq bo‘ldi. E’tiborlisi shundaki, futbolchi hali professional darajada birorta o‘yinda ishtirok etmagan edi. «Atletiko Rafael» safidagi o‘yinlari sababli Argentinada uni ikkinchi Aguero deb atay boshlashdi. 16 yoshida quyi ligalarda gollarni qalashtirib tashlayotgan o‘smir uchun Argentina grandlari orasida kurash boshlandi. Barcha, «Atletiko Rafael» futbolchisi o‘z tomoniga og‘dirmoqchi edi, biroq ishga Italiyaning «Inter» klubi aralashdi. Milanliklar maydalashib o‘tirishmadi. Darrov 9,5 million yevroni sanab berishdi. Fakundo Milanga ko‘chib o‘tgach, moslashuv jarayonida muammolarga duch kelishni boshladi. Keyin, omadsiz mavsumlar boshlandi. Oqibatda, «Inter» uning bor imkoniyatlarini qo‘ldan chiqarmaslik uchun ijaraga berib yuborishga qaror qildi. Bugungi kunda Kolido Belgiyaning «Sent-Tryuden» jamoasi a’zosi sanaladi. 

Petro Pellegri - «Monako»

Petro 16 yoshga to‘lganidayoq ko‘plab grandlarning oromini o‘g‘rilagan edi. Uning «Jenoa» safida ishonchli o‘yinlari ko‘plab mutaxassislarning e’tiborida edi. Ayniqsa, «Lasio»ga qarshi «A seriya» bahsida ikkita gol kiritgani, unga bo‘lgan talabni ortib ketishiga sabab bo‘ldi. Chempionat tarixida ikkita gol kiritgan eng yosh futbolchi uchun mahalliy klublar da’vogar bo‘lishni boshladi. Shu paytda «Monako» ishga kirishdi va 17 yoshli futbolchi uchun «Jenoa»ga 21 million yevro to‘lab berdi. 

Bugungi kunda Petro "Liga 1"ga moslashish bilan band. Italiyaga nisbatan kuchsizroq deb baholangan chempionatda hozircha Pellegri hech kimni hayron qoldirganicha yo‘q. Qahramonimiz musobaqa boshidagi barcha o‘yinlarda asosiy tarkibda maydonga tushmoqda. Hozircha gol kiritgani yo‘q. Assistni ham amalga oshirmadi. Boz ustiga, u bir necha bor o‘yindan tushib qolganiga ham guvoh bo‘ldik. Umuman olganda, fransuz nashrlari allaqachon uni yilning eng omadsiz transferlaridan biri deb atamoqda. Balki, biroz vaqtdan so‘ng u yana avvalgi darajasiga qaytar? Afsuski, bunga ishonish tobora qiyinlashib bormoqda. 

Fabiu Silva - «Vulverhempton» 

Portugaliya chempionatidagi ajoyib o‘yinlari sababli Fabiuni «ikkinchi Ronaldu» deb atay boshlashdi. Bunday reklamadan so‘ng, talabgorlar soni ortib ketishi tabiiy. Xoland, Mbappe singari yigitlar dunyo futbolini «yondirayotgan» paytda «ikkinchi Ronaldu»ning tarkibida bo‘lishini qaysi klub istamaydi deysiz?! Shu bois, Portugaliyalik futbolchilarga boshqacha mehr qo‘yuvchi «Vulverhempton» tavakkal qilishga qaror qildi. «Bo‘rilar» yosh iqtidor egasi uchun 40 million yevro sarflashdi. Deyarli hech kimga tanish bo‘lmagan futbolchi uchun 40 million yevro?! 

Uning reklama kompaniyasi juda yaxshi ish bergani aniq. Silva allaqachon asosiy jamoa uchun debyut o‘yinida maydonga tushdi. To‘g‘risi, uning «bo‘rilar» safidagi ilk uchrashuvidayoq ko‘plab ingliz nashrlari «Vulverhempton»ning adashgani haqida yozishdi. Darhaqiqat, Silvada Ronaldu singari jismoniy imkoniyat va tezlik mavjud emas. Boz ustiga, uni yetakchi ham deb bo‘lmaydi. Klub rahbarlari bu transfer o‘zini oqlashiga ishonishmoqda. Shunga qaramay Silva ikkinchi Ronaldu bo‘la olmasligi aniq bo‘lib ulgurdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:45, 21.12.2020.
O'qildi: 5854 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.