Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Misr sobiq futbolchisi: "Saloh "Liverpul"da baxtli emas"

Misr sobiq futbolchisi: "Saloh "Liverpul"da baxtli emas"

Baho:
+ | -

Misr terma jamoasi sobiq futbolchisi Muhammad Abutrika o‘z vatandoshi Muhammad Salohning «qizillar» safida baxtli emasligini aytmoqda.

«Saloh hozir "Liverpul"da baxtli emas. U menga buning bir qancha sabablarini ham aytgan. Lekin bu sir. Men buni ommaga oshkor qila olmayman.

Klopp so‘nggi paytlarda Salohga ancha e’tiborsiz. Murabbiyning ko‘p rejalaridan u joy olmayapti. Masalan, "Mityulland"ga qarshi yulduzlarsiz kechgan bahsning birida unga sardorlik bog‘ichi berilmadi. Bu esa iqtidorli futbolchi uchun kuchli bosim.

Lekin men unga bir nima deb maslahat bera olmayman. U professional. Barchasini o‘zi hal qilishiga ishonaman.

Eslatib o‘tamiz, Muahammad Saloh "qizillar" safiga 2017 yilda "Roma"dan ko‘chib o‘tgan bo‘lib shu paytgacha klubi safida 173 ta bahsda 110+45 natijani qayd etgan.

Kiritildi: 14:29, 21.12.2020.
O'qildi: 2634 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик