Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
Alli «Nyukasl»da?!
Londonning «Tottenhem» jamoasi yarim himoyachisi Dele Alli faoliyatini boshqa klubda davom ettirmoqchi.
«The Sun» nashrining ma’lum qilishicha, futbolchi London klubida uzoq muddat qolmoqchi emas. U o‘yin amaliyotga ega bo‘lishni va Yevropa chempionatida terma jamoa sharafini himoya qilishni istamoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, futbolchi bilan «Nyukasl» klubi jiddiy qiziqib qolgan. Shu bois, futbolchi qishda faoliyatini boshqa jamoada qayta ishga tushirish niyatida.
«Barselona» Neymardan voz kechdimi?
Kataloniyaning «Barselona» jamoasi prezdentligi uchun kurash olib borayotgan Joan Laporta klubning transfer siyosati haqida fikr bildirdi.
AS nashrining ma’lum qilishicha, klubning sobiq prezidenti agar saylovda g‘olib chiqmaguniga qadar Neymarning transferi borasida fikr bildirmoqchi emas.
Manbaning ma’lum qilishicha, Laporte shu yo‘sinda klubdagi ichki muhitni saqlab qolmoqchi va o‘z taraforlari sonini oshirib olmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda aynan Joan Laporte klub tepasiga kelishi taxmin qilinmoqda. Hozircha, uning saylov kompaniyasi boshqalarnikidan ancha ilgarilab ketgan.
«Inter»dan o‘zgacha yurish
Milanning «Inter» jamoasi Kristian Eriksondan qanday qilib bo‘lsada qutilishga tayyor ekanligini rasman e’lon qildi.
«Football Italia» nashrining ma’lum qilishicha, milanliklar qishda daniyalik futbolchini «Napoli» hujumchisi Milik yoki «Arsenal»ga keraksiz Granit Jaka bilan almashtirib yuborishga tayyor.
Manbaning ma’lum qilishicha, klub PSJ Eriksonga taklif bilan chiqsa, uning o‘rniga Leandro Paredesni talab qilmqochi.
Alaba uchun kurash avjiga chiqmoqda
Myunhenning «Bavariya» jamoasi bilan kelishuvga erisha olmagan David Alaba 10 kundan so‘ng, istagan klubi bilan shartnoma imzolash imkoniyatiga ega.
Gap shundaki, shartnomasi tugashiga 6 oy qolgan futbolchilar, yozda qaysi klubga o‘tishlari borasidagi qarorni o‘zi qabul qilishi mumkin. Shu bois, Myunhen klubining yetakchi futbolchisi bilan turli grand klublar aloqaga chiqishda davom etishmoqda.
«Bild» nashrining ma’lum qilishicha, ular orasida «Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» klublari mavjud. Bu jamoalar tekinga Alaba singari ijrochini qo‘lga kiritish bilan qiziqib qolgan. Futbolchining agenti Myunhen klubida yiliga 12 million yevrolik maosh talab qilmoqda.
«Bavariya» esa, pandemiya chog‘ida Alabani eng katta maosh oluvchi futbolchilardan biriga aylantirmoqchi emas.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi bilan avvalroq «Barselona» va «Real Madrid» klublari ham qiziqib qolgan edi.
«Real» o‘z yetakchisini sotadi!
Madridning «Real» jamoasi Isko Alarkonni transferga qo‘ymoqchi ekanligidan xabaringiz bor. «Mundo Deportivo» nashrining ma’lum qilishicha, Madrid klubi Iskoning transferidan 60 million yevro ishlab olmoqchi.
Manbaning ma’lum qilishicha, Iskoning transferini shaxsan Mikel Arteta talab qilmoqda. Murabbiy aynan Isko Mesut O‘zilning o‘rnini egallashidan umid qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ingliz nashrlari «Arsenal»ning asosiy transfer nishoni sifatida Ussama Auarni ko‘rsatgan edi.