Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Shota Arveladze: «Paxtakor» futbol klubi rahbariyatidan juda minnatdorman»

Shota Arveladze: «Paxtakor» futbol klubi rahbariyatidan juda minnatdorman»

Baho:
+ | -

Ketma-ket ikkinchi mavsum O‘zbekiston Superligasi va O‘zbekiston Kubogidagi g‘alabalardan so‘ng Shota Arveladze klub rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

- "Paxtakor"ning xalqaro darajada o‘sishiga yordam bergan, hamkorlikda bajarilgan ish uchun "SFI Management Group" kompaniyasiga rahmat aytaman. Birgalikda ishlagan hamkasblarimga minnatdorchilik bildiraman.

"Men "Paxtakor"dek katta klubda ishlash imkoniyatiga ega bo‘lganim uchun klub rahbariyati, sahiy inson Alisher Burxonovich Usmonovga rahmat aytaman. Bu yerda ishlash jarayonida o‘z tajribamni yanada oshirdim. Ajoyib insonlar bilan birgalikda mehnat qilib, g‘alabali onlardan zavq oldim. Butun klub va jamoa bir maqsad yo‘lida haqiqiy oilaga aylanganmiz. Yutuqlarga erishishimizda barcha sharoitlar yaratilgan. Bolalar futboliga e’tibor oshirilib, zamonaviy dasturlar yordamida ularning shug‘ullanishiga e’tibor qaratilmoqda. Ayni paytda futbolning rivojlanishi uchun amalga oshirilayotgan ishlar kelajakda o‘zbek futboli uchun o‘z mevasini beradi. O‘zbekistondek chiroyli yurtda yashash va ishlash, sharqona tarbiya ko‘rgan ajoyib odamlar bilan muloqotda yanada dono insonga aylanish mumkin. Buning uchun Alisher Burxonovichga yana bir bor minnatdorchilik bildiraman. "Paxtakor"da yutuqlardan tashqari yanada ko‘proq ish va hayotiy tajribaga ega chiqdim. 2020 yil jamoa ichki musobaqalarda g‘olib chiqdi, Chempionlar Ligasida chorak finalgacha yetib bordi. Keyingi yil yanada yuqori marralar zabt  etilib, jamoa Osiyoning eng kuchli klubiga aylanib, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish yo‘lida harakatlar to‘xtab qolmaydi. Bu yo‘lda klubning oldiga qo‘ygan maqsadlari davom etadi. "Paxtakor" olg‘a qadam bosishdan to‘xtamaydi. Barchasi uchun sizdan minnatdorman, Alisher Burxonovich!" — deb ta’kidladi Shota Arveladze.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 18:14, 23.12.2020.
O'qildi: 3678 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик