Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Zidan nima uchun Azarni maydonga tushirmaganiga izoh berdi

Zidan nima uchun Azarni maydonga tushirmaganiga izoh berdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liganing 15-tur doirasida «Granada» (2:0) ustidan qo‘lga kiritilgan g‘alaba haqida fikr bildirdi.

«Bu qiyin o‘yin bo‘ldi. O‘yingacha yigitlarga qiyin bo‘lishini aytgandim. Raqib juda yaxshi pressing uyushtirdi. Birinchi bo‘lim oson bo‘lmadi, ikkinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadik. Yigitlarning ko‘rsatgan o‘yinidan qoniqdim, qiyin bo‘lishiga qaramay, haqli ravishda g‘alaba qozondik.

Ikkinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadik, tez-tez to‘pga egalik qildik. «Granada» yakkakurashlarda yaxshi o‘ynadi va bizga muammo tug‘dirdi. Yaxshi jamoani ustidan g‘alaba qozondik va ketma-ket oltita uchrashuvda yutib kelyapmiz.

Futbolchilardan maydonda mana shunday kurash olib borishlarini so‘rab qolaman. Hozir ular bir necha kun oila-a’zolari bilan hordiq chiqarishadi va undan keyin mashg‘ulotlarga qaytamiz.

Azarni maydonga tushirmaganimni sababi - o‘yin qiyin kechdi, uning sog‘ligi borasida tavakkal qilgim kelmadi. U bosqichma-bosqich tarkibga qaytadi», – dedi Zidan.

Kiritildi: 03:34, 24.12.2020.
O'qildi: 6208 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик