Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Mourinyo: «Chuqur himoyalanish niyatimiz yo‘q edi»

Mourinyo: «Chuqur himoyalanish niyatimiz yo‘q edi»

Baho:
+ | -

«Tottenxem» bosh murabbiyi Joze Mourinyo Angliya chempionatining 15-turi doirasida bo‘lib o‘tgan o‘yin (1:1) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Bugun bir ochkodan ko‘prog‘iga haqli edikmi? Bilmayman. Biz ilk daqiqadayoq gol urib, eng yaxshi narsaga ega bo‘ldik. Biz bahsni nazorat qildik, ammo burchak zarbasidan gol o‘tkazib yubordik.

Xuddi «Liverpul»ga qarshi o‘yinda bo‘lgani kabi juda alamli bo‘ldi. Raqibning xavfli futbolchilarini 90 daqiqa davomida nazorat qilib, standartdan gol o‘tkazib yuboryapmiz.

Chuqur himoyalanish niyatimiz yo‘q edi. Men buni istamagandim. Tanaffusda ulardan nima so‘raganimni o‘yinchilar yaxshi bilishadi.

Jamoani qanday tayyorlaganim va nimalar deganimni yaxshi bilaman. Bugun futbolchilarda ambisiya yoki ko‘proq natijaga erishish uchun ishtiyoq yo‘q edi», – dedi Joze.

«Tottenxem» navbatdagi turda «Fulxem»ni o‘z maydonida qabul qiladi.

Manba: football24.ru
Kiritildi: 10:27, 28.12.2020.
O'qildi: 2238 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик