Avvalroq Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Diyego Kosta jamoani tark etish niyatida ekanligi haqida xabar tarqalgandi. Futbolchi hatto mashg‘ulotlarda boykot e’lon qilishga ham ulgurdi.
Ispaniya matbuotining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, Londonning «Arsenal» klubi Kosta bilan yanvar oyida shartnoma imzolashga tayyor ekanligini bildirdi. «Kanonirlar» bosh murabbiyi Mikel Arteta Kostaning jamoaga olib kelishni shaxsan o‘zi xohlamoqda.
Bundan tashqari, «Arsenal» yana bir hujumchi bilan shartnoma imzolash haqida o‘ylamoqda. Shu tariqa londonliklar o‘z hujum chizig‘ini kuchaytirish niyatida.