Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

“Neftchi” bilan o‘yindagi katta mukofot puli, “Navbahor”ning qiziqarli rejasi". “Andijon” sobiq futbolchisi bilan suhbat

“Neftchi” bilan o‘yindagi katta mukofot puli, “Navbahor”ning qiziqarli rejasi". “Andijon” sobiq futbolchisi bilan suhbat

Baho:
+ | -

Yakuniga yetgan mavsumni “Andijon” jamoasida o‘tkazgan va kuni kecha Namanganning “Navbahor” jamoasi bilan shartnoma imzolagan himoyachi Xushnudbek Avilov bilan suhbat uyushtirdik.

- Xushnud, avvalo yangi jamoa muborak bo‘lsin!

- Assalomu aleykum. Rahmat!

- Yakuniga yetib borayotgan 2020 yil Siz uchun qanday o‘tdi?

- 2020 yil men uchun yaxshi o‘tdi deb o‘ylayman. Aslida bundan ham yaxshi o‘tishi mumkin edi, lekin butun dunyoga muammo olib kelgan koronavirus pandemiyasi bizni ham chetlab o‘tmadi.

- “Navbahor” azaldan “Andijon”ning prinsipial raqibi hisoblanadi. “Andijon”dan “Navbahor” ko‘chib o‘tish oson bo‘lmagandir?

- Albatta, oson bo‘lmadi. Men “Andijon” tarkibida ikki mavsum to‘p surdim, jamoadan ketish qiyin bo‘ldi. Biroq, futbolda kelajakda nima bo‘lishi mumkinligini oldindan aytib bo‘lmaydi.

- “Navbahor” klubi bilan necha yillik shartnoma imzoladingiz?

- 1+1 ko‘rinishidagi shartnomaga imzo chekdik.

- Joriy mavsumda to‘rtta murabbiy qo‘l ostida to‘p surdingiz. Ularning qaysi birini alohida ko‘rsata olasiz?

- Aleksandr Xoyamkov ajoyib murabbiyi edi. Uning qo‘l ostida to‘p surish yoqimli edi.

- “Andijon” rahbariyati Sizni jamoada olib qolishga harakat qilmadimi?

- Rahbariyat olib qolishga harakat qildi, lekin baribir yakunda murosaga kela olmadik.

- Qaysi tarafdan murosaga kela olmadingiz? Moliyaviy tomondanmi?

- “Andijon” klubi rahbariyati bilan har jabhada kelisha olmadik – moliyaviy va boshqa tomonlardan. “Navbahor”ning taklifi menga ma’qul tushdi. Ularning moliyaviy taklifi va kelajakdagi rejalari menga qiziqarli tuyuldi.

- “Neftchi” ustidan qo‘lga kiritilgan muhim g‘alabadan so‘ng, klub rahbariyati 15.000.000 so‘m mukofot pullarini bergani rostmi?

- Ha, haqiqatdan ham “Andijon” rahbariyati “Neftchi”ni mag‘lubiyatga uchratadigan bo‘lsak o‘n besh million so‘mdan mukofot pullarini va’da qilishdi. Va’daga muvofiq asosiy tarkibda maydonga tushgan futbolchilar 15 million so‘mdan, zahirada qolgan va zahiradan maydonga tushgan futbolchilar 30 foiz mukofot pullarini olishdi.

- “Metallurg” bilan safardagi durang (1:1)dan so‘ng klub rahbariyati gol urgan futbolchiga va o‘yinda yaxshi o‘ynagan bir nafar futbolchiga alohida mukofot bergani haqida ma’lumotlar tarqatildi.

- Ha, haqiqatdan ham o‘sha o‘yinda gol urgan Doniyor Abdumannopov va o‘yinni eng yaxshi futbolchisi deb topilgan futbolchiga, ya’ni menga mukofot puli berildi.

- O‘yindan gol urgan va golli uzatmani amalga oshirgan futbolchilarga alohida mukofot puli berilishi qolgan futbolchilarning o‘rtasida kelishmovchilik keltirib chiqarymaydimi?

- Ha, albatta bu futbolchilar o‘rtasida tushunmovchilik keltirib chiqaradi. O‘sha o‘yindan keyin asosiy tarkibda o‘ynagan boshqa futbolchilar norozi bo‘lishdi. Keyinchalik bu holat yo‘qoldi.

- “Navbahor” taklif qilgan maosh “Andijon”nikiga qaraganda necha barobar ko‘p?

- To‘g‘risini aytganda, “Navbahor” “Andijon”ga qaraganda to‘rt barobar maosh taklif qildi. Tan olish kerak, futbolchining faoliyati qisqa bo‘ladi, shu vaqt mobaynida futbolchi yaxshi maosh ishlab topishi va kelajagi uchun zamin yaratib olishi kerak.

- “Andijon” muxlislariga tilaklaringiz.

- Faoliyatining ajoyib ikki yilini “Andijon” jamoasiga o‘tkazdim. Shu vaqt mobaynida “Andijon”da ajoyib jamoa shakllandi va shu qatori men ham o‘sishga erishdim. “Andijon” jamoasida men bilan birga ishlagan barcha murabbiy, futbolchi va klubning hamma a’zolariga rahmat aytaman. “Andijon” muxlislari alohida maqtovga muhtoj emas, ularning qanday saviyada ekanligini butun O‘zbekiston ahli juda yaxshi tegadi. Ularni oldida boshim yerga tekkuncha ta’zimdaman! Ular mening qarorimni to‘g‘ri tushunishlarini so‘rab qolaman! “Olg‘a, burgutlar, Andijonim, jona jonim!”

- Xushnud samimiy suhbat uchun tashakkur. Kelajakdagi faoliyatingizga omad tilaymiz!

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:05, 29.12.2020.
O'qildi: 7082 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.