Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche 2-1 Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal 2-1 Elche
08/03 19:00 Bolonya 1-2 Verona
08/03 19:00 Fiorentina 0-0 Parma
08/03 20:15 Xetafe 2-0 Betis
08/03 22:00 Jenoa 2-1 Roma
08/03 22:30 Sevilya 1-1 Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio - Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol - Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor

"Paxtakor" o‘yindagi statistik ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham Superliga-2020ning yaqqol yetakchisi

"Paxtakor" o‘yindagi statistik ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham Superliga-2020ning yaqqol yetakchisi

Baho:
+ | -

"Sherlar" 2020 yilgi mavsumda o‘yindagi turli jihatlar borasida ham qolgan jamoalarga nisbatan ancha yaxshi natija ko‘rsatishdi.

"Instat" kompaniyasi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, "Paxtakor"ning umumiy indeksi 243ga teng bo‘lgan. "Nasaf" 221, "Bunyodkor" 212, "Lokomotiv" va AGMK esa 210 ball to‘plagan.

"Paxtakor" chempionatda eng ko‘p golli vaziyatlar yaratgan - 202ta. Bu borada keyingi jamoalar "Nasaf" (144), "Bunyodkor" (142), "So‘g‘diyona" (128) va AGMK (124) bo‘lgan. Burchak zarbalarini o‘yinga kiritishda ham "Sherlar" yetakchilik qilishgan. Jamoamiz mavsum mobaynida 159 marta shunday ishni amalga oshirgan. "Bunyodkor" 138, "So‘g‘diyona" 128, "Nasaf" 119 va "Metallurg" 113 bor burchakdan to‘pni o‘yinga kiritgan.

Darvozaga zarba berishda "Paxtakor"ning ko‘rsatkichi 196taga teng bo‘lgan. Keyingi o‘rinlarda bu jihat bo‘yicha "Bunyodkor" (152), "Nasaf" (141), "So‘g‘diyona" (114) va AGMK (108) jamoalari joylashgan. Futbolchilarimiz jami 16141tani uzatmani amalga oshirgan (bir o‘yinga o‘rtacha 646ta). Bizdan keyingi jamoalar bu ko‘rsatkich borasida ancha ortda qolib ketgan. "Bunyodkor"da uzatmalar miqdori 12777, AGMKda 9840, "Nasaf"da 9339 va "Navbahor"da 8877tani tashkil qilgan.

Hal qiluvchi uzatmalarni amalga oshirishda jamoamiz 120ta urinish, krosslar bo‘yicha esa 144ta harakat bilan eng yaxshi ko‘rsatkich egasi bo‘lgan. Umumiy kurashlar, himoyaviy va havodagi kurashlarni yutish bo‘yicha "So‘g‘diyona" jamoasi eng yaxshi natija qayd etgan.

Manba: “Пахтакор” ПФК матбуот хизмати
Kiritildi: 20:33, 03.01.2021.
O'qildi: 1865 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.