Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Futzal klublari badal pullaridan ozod qilinishi mumkin

Futzal klublari badal pullaridan ozod qilinishi mumkin

Baho:
+ | -

Futzal masalasida

Yangi yilning ilk ish kunida futzal murabbiylari bilan uchrashdik. Xabaringiz bor, futzalda bu mavsum may oyi yakuniga qadar davom etadi. Albatta bunda kubok uchrashuvlari ham hisobga olingan. 2021/22 yilgi mavsum esa sentyabrdan e’tiboran start oladi. Yozni futzal uchun transfer oynasiga hamda sohil futbolga bag‘ishlashga harakat qilamiz. O‘zPFL futzal bo‘yicha nimalarni maqsad qilgan?

Futzal uchrashuvlarini to‘liq jonli efirga olib chiqish.

Biz bu borada Sport-TV bilan oldinga yura oldik va so‘nggi 4 oyda bir qator turlarni jonli ko‘rsata oldik. Jonli efirlar bilan futzal ommabopligi oshadi, jonli efirlar futzalchilarga motivasiya beradi, chunki ularni oila-a’zolari, muxlislari tomosha qiladi. Jonli efirlar bilan futzal uchun titul homiylar topish osonroq bo‘ladi.

Futzal klublarining bir joyga jamlanib o‘yinlar o‘tkazishi ham TV ishini osonlashtiradi, ham mutaxassislarga o‘zaro fikr almashish va futzalchilarni o‘rganish uchun keng imkoniyat yaratadi.

Futzal geografiyasini kengaytirish.

Biz hozir Toshkent, Olmaliq va Jizzax bilangina cheklanyapmiz. Bu ro‘yxatga 1 yil ichida kamida Xorazm, Samarqand, Qarshi, Navoiy, Farg‘ona va Namanganni qo‘shish harakatidamiz. Futzal ommabopligi oshishi uchun uni faqatgina ma’lum nuqtadagina o‘ynash kifoya qilmaydi. Qamrovni kengaytirish muhim. Misol uchun, Farg‘onadagi Samo arenasida futzal chempionatlarini o‘tkazish masalasida viloyat hokimi Xayrulla Bozorov va sport vaziri Dilmurod Nabiyev bilan fikr almashdik. Umid qilamanki, shu yil bu ishga ulgura olamiz.

Yana bir muhim jihat bor. Aytaylik, biz Bunyodkor futzal zalidan ko‘p foydalanamiz va bu uchun klubga rahmat aytamiz. Ammo bu arena mashg‘ulot uchun qulay. Unda na muxlislar va translyasiya masalasi inobatga olingan. Istiqbolda esa futzal Toshkentdagi O‘zbekiston yoki Farg‘onadagi Samo kabi arenalarda o‘ynalishi yaxshiroq samara beradi.

Futzal klublarini badal to‘lovlaridan ozod etish.

O‘zPFL marketingni rivojlantirish orqali, badal olish tizimidan bosqichma-bosqich voz kechishni maqsad qilgan. Bunda birinchi galda futzal va ayollar futbolini badal to‘lovlaridan ozod etish masalasi bor. Klublar bu mablag‘ni o‘z harajatlari uchun ishlatishlari mumkin. Shuning ustida ishlaymiz.

Kiritildi: 16:45, 04.01.2021.
O'qildi: 2107 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.