Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Aleksandr Kasyan AGMK futbolchisiga aylandi

Aleksandr Kasyan AGMK futbolchisiga aylandi

Baho:
+ | -

O‘tgan yili Superligada 3-o‘rinni egallagan AGMK jamoasi 2021 yilgi mavsumda ham yuksak maqsad va yuqori marralarni ko‘zlamoqda.

Tarkibni yanada kuchaytirishga intilayotgan olmaliqlar yangi yildagi ilk transferga qo‘l urdi. Mahoratli hujumchi, ukrainalik Aleksandr Kasyan erkin agent sifatida AGMK bilan shartnoma imzoladi.

Kasyan 1989 yil 27 yanvar kuni Ukrainaning Donesk viloyatida tavallud topgan. Tajribali hujumchi faoliyati davomida Ukrainaning “Ilicheves”  (Mariupol), “Shaxtyor” (Donesk), “Zarya” (Lugansk), “Karpati” (Lvov), Rossiyaning “Tom” (Tomsk), “Ximik” (Dzerjinsk), “Fakel” (Vorenej), “Baltika” (Kaliningrad) va Kurskning “Avangard” jamoalari sharafini himoya qilgan. 2019 yildan e’tiboran O‘zbekiston Superligasida o‘ynayotgan mahoratli hujumchi «Navbahor» (2019) va «Surxon» (2020) jamoalaridagi faoliyati bilan muxlislarga yaxshi tanish.

2021 yildan e’tiboran esa mazkur hujumchi AGMK libosida muxlislarni xursand etish va jamoamiz g‘alabalariga hissa qo‘shish uchun maydonga tushadi.

Kasyan faoliyati davomida turli jamoalarda Ukraina, Rossiya va O‘zbekiston Superligasida raqiblar darvozasini 59 marotaba ishg‘ol qilgan.

AGMK bilan shartnoma imzolaganidan mamnun bo‘lgan hujumchi ilk taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Kasyan: «AGMK bilan shartnoma imzolaganimdan juda xursandman. O‘ylaymanki, yangi mavsumda jamoa bilan Superliga va OCHLda muvaffaqiyatli ishtirok etamiz va katta g‘alabalarni ko‘zlaymiz. 2021 yil AGMK uchun muvaffaqiyatli va omadli bo‘lishiga umidvorman. AGMKga gollarim bilan yordam berishga, jamoam g‘alabalariga hissa qo‘shish uchun maydonda 200% kuch bilan maksimum harakat qilishga va’da beraman. Menga ishonch bildirgan bosh murabbiy Mirjalol Qosimovga va klub rahbariyatiga rahmat. Futbolchilar va murabbiylar shtabi meni yangi jamoada moslashishim va ko‘nishim uchun qo‘llab-quvvatlashiga ishonchim komil»

Aleksandr Kasyan 8 yanvar kuni yurtimizga uchib keladi va jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shiladi.

Manba: www.fc-agmk.uz
Kiritildi: 23:10, 04.01.2021.
O'qildi: 3171 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.