Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Qo‘qon-1912" ham mashg‘ulotlarni boshladi

"Qo‘qon-1912" ham mashg‘ulotlarni boshladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi “Qo‘qon-1912” jamoasi 2021 yilgi futbol mavsumi uchun tayyorgarlikni boshladi. Jamoa a’zolari 4 yanvardan Qo‘qon shahrida yig‘ilishdi. Garchi kecha jamoaning barcha a’zolari Qo‘qon shahriga yetib kelishmagan bo‘lsa-da, murabbiylar dastlabki mashg‘ulotni o‘tkazishdi.

Qo‘qondagi 2-BO‘SMga qarashli stadionda bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlarda jamoa tarkibiga yangi qo‘shilgan hujumchi, sobiq “Mash’al” jamoasi - a’zosi Mo‘min Meliyev hamda o‘tgan mavsumni “Andijon” jamoasida o‘tkazgan Farhod Bekmurodov qo‘shilishgan.

Shuningdek, jamoa safida o‘tgan mavsumni “Turon” jamoasida o‘tkazgan himoyachi Shohruh Xolmatov, “Andijon”da to‘p surgan Azamat Isroilov va darvozabon Eldor Adhamov ham mashg‘ulotlarda ishtirok etishmoqda. Bu futbolchilar jamoa ko‘rigida bo‘lib turishibdi.

“Qo‘qon-1912”ning ayrim futbolchilari bugun Qo‘qonga yetib kelishadi. Jamoaning yetakchi futbolchilari - Murod Xolmuhammedov, Aleksandr Merzlyakov, Quvondiq Ro‘ziyev va Shohnazar Norbekov esa bosh murabbiyning ruxsatiga ko‘ra, biroz kechroq jamoa ixtiyoriga yetib kelishadi. Suhrob Berdiyev hamda Hamidillo Abduhamidov esa davolanish jarayonlarini davom ettirishmoqda, - deya xabar bermoqda, klub matbuot xizmati.

Kiritildi: 10:47, 05.01.2021.
O'qildi: 1859 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик