Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/01 19:00 Piza 0-3 Komo
06/01 22:00 Lechche 0-2 Roma
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari

Davron Fayziyev «Buxoro» bilan shartnoma imzoladi

Davron Fayziyev «Buxoro» bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, Superligani tark etgan «Buxoro» jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Bu lavozimda Davron Fayziyev ish boshladi.

2019 yilgi mavsumda «Dinamo» klubi bosh murabbiyligini tark etgach, 2020 yilgi mavsumda «Qo‘qon-1912» jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatovga yordamchi sifatida faoliyat yuritgan Davron Fayziyev 2021 yildan faoliyatini yana bosh murabbiy sifatida davom ettiradigan bo‘ldi.

Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Botir Zaripov va klub bosh direktori lavozimiga ish boshlagan Jamol Alimov bilan uchrashgan Davron Fayziyev yangi jamoasi bilan shartnoma imzolab, «Buxoro» klubi bosh murabbiyi sifatida ish boshladi. Murabbiy oldiga «Buxoro» jamoasini 2021 yilda Superligaga olib chiqish vazifasi qo‘yilgan.

Davron Fayziyevga murabbiylar shtabida buxorolik mahalliy mutaxassislar – Mirislom Hasanov, Suhrob Qobilov va darvozabonlar murabbiyi Nurillo Habibov yordam beradigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, «Buxoro» jamoasi 2020 yilgi mavsumda 26 o‘yinda 1 g‘alaba, 11 durang va 14 marta mag‘lubiyatga uchrab, 14 ochko bilan so‘nggi 14-o‘rinni egallab, Superligani tark etdi.

Kiritildi: 18:11, 05.01.2021.
O'qildi: 4910 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.