Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Rasman! AGMK yana bir yangi transferni amalga oshirdi

Rasman! AGMK yana bir yangi transferni amalga oshirdi

Baho:
+ | -

Tarkibni yanada kuchaytirishga harakat qilayotgan va seleksiya ishlarini jadallik bilan davom ettirayotgan jamoamiz navbatdagi transferga qo‘l urdi. AGMK o‘tgan yillar davomida «Bunyodkor» sharafini himoya qilgan ajoyib qanot himoyachisi - Dilshod Ahmadaliyevni o‘z safiga qo‘shib oldi. Ajoyib tezlik va dribling sohibi endilikda «konchilar» libosida jamoamiz muxlislarini xushnud etishga intiladi. Dilshod Ahmadaliyev erkin agent sifatida AGMK bilan 1 yillik shartnoma imzoladi.

Dilshod Ahmadaliyev 1994 yili Namangan viloyatining To‘raqurg‘on tumanida tavallud topgan va 2015 yili «Obod» safida harakat qilgan. 2016 yildan e’tiboran esa katta futbolda «Bunyodkor» jamoasi orqali faoliyat yuritmoqda. Himoyachi 2016-2020 yillar mobaynida «Bunyodkor» safida jami 128 o‘yinda maydonga tushgan va raqiblar darvozasini 5 marotaba ishg‘ol qilgan. Dilshod Ahmadaliyev O‘zbekiston chempionatida 101 o‘yin, OCHLda 9 uchrashuv va kubokda 18 bellashuv o‘tkazgan.

Ahmadaliyev AGMK bilan shartnoma imzolaganidan baxtiyor va himoyachi AGMKdagi ilk taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ahmadaliyev: «AGMK ahil oilasiga qo‘shilganimdan baxtiyorman. Ochig‘i, jamoa almashtirib, o‘zimni yangi muhitda sinab ko‘rish payti kelgandi. Olmaliq tanloviga to‘xtalganimni asosiy sababi bu Mirjalol Qosimov qo‘l ostida harakat qilish ishtiyoqi bo‘ldi. Qo‘shoqovich bilan avval ishlaganman va bu menga ma’qul kelgan. AGMK bilan ichki musobaqalarda va xalqaro maydonda muvaffaqiyatli qatnashishni maqsad qilganman. O‘ylaymanki, AGMKdagi faoliyatim nafaqat men uchun yangi sahifa, balki jamoamiz uchun ham qiziqarli va yangi muvaffaqiyatlarga boy bo‘ladi. Yangi kollektiv va muhit menga yoqdi. Xudo xohlasa AGMK safida muxlislarni xursand qilishga bor kuchimni sarflayman».

AGMK ahil oilasiga xush kelibsan, Dilshod!

Kiritildi: 21:17, 05.01.2021.
O'qildi: 6000 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.