Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Eldor, jiyan, jamoang sha’ni — baridan ustun!

Eldor, jiyan, jamoang sha’ni — baridan ustun!

Baho:
+ | -

Eldor, A Seriyada himoyachilarning mahorati baribir baland–a?!

Darvozabonlarning tayyorgarligi ham kamida dunyoni Top–3 ligida bo‘lsa kerak?!

Bo‘lmasam, hozirga kelib “o‘ldim deganda” 5 ta to‘pni avtori bo‘larding!

O‘zi Italiya azaldan yuqori klassdagi himoyachilaru, darvozabonlar yurti bo‘lib kelgan!

Haligi, Amerikaning etnik italyan o‘g‘loni bo‘lgan bokschi Rokki Balboaga o‘xshataman italyan futbolini. Ha, aynan o‘sha Silvester Stallone yaratgan yengilmas “Italyan tulpori” obrazi!

Boshida, raqibga erkin hujum qilishga imkon berib, uni zarbalarini kuchini va xavfli zarbalari qanday ko‘rinishda ekanligini bilib oladi. Raqibning ongida o‘zini kuchsiz qilib ko‘rsatib, bor mahoratini ishlatishga izn beradi.

Olqishlar ostida qolgan raqibini tomoshabinlar uchun chiroyli hujum hunarlarini ko‘rsatishga to‘liq erkinlik berib, himoyasini bir soniya unutishiga omil yaratadi va aynan shu onda...

Aynan shu onda, Rokki ichida sabr bilan saqlab turgan kuchini, aniq zarbalarini raqibining ochiq yuzlariga, biqiniga pulemyot kabi yog‘dirib tashlaydi. Ichidagi hujumkor Devini olovli zarbalarini raqibiga sochib, uni hali vaziyatni to‘liq anglay olmagan ongida dovdiratib qo‘yadi va yakunda yerga qulatadi!

Aynan mana shunday, men bilgan italyan futboli, jiyan!

Ko‘ryapmiz, “Jenoa”da seni maydonda tushunadigan, seni mahoratingni to‘liq biladigan va senga ishonadigan sheriging deyarli yo‘q!

Endi, 1 yil ichida 3 marta bosh murabbiyini almashtirgan va tarkibini 70% ni yangilagan jamoadan boshqasini kutmaymizamda!

Lekin, jiyan sen baribir "Molodes"san!

Italiya diyoriga borganinga ko‘p bo‘lishiga qaramay, maydonda bor kuchingni, mahoratingni baholi qudrat ko‘rsatyapsan, o‘zingni ayamayapsan!

Otanga, ustozlaringa rahmat, jiyan!

Ehh, seni o‘yiningni ko‘rib, yer yuzini har bir chekkasida qanchadan-qancha Vatandoshlaring g‘urur va iftixor tuyg‘usini tuyushlarini bilganingda eding, Eldorjon!

Lekin...

Lekin jiyan, nima bo‘lishidan qat’iy nazar, eng avval “JENOA”ni sharafi va muxlislari uchun harakat qil!

Futbol falsafasi nuqtai nazaridan shaxsan men hali g‘o‘r deb bilgan jamoadoshlaring Skamakka yoki Zakkaposta kabi o‘zingni o‘ylama!

Imkon bo‘lganda, hozirgiday jamoadoshlaringa gol urish uchun qulay imkoniyat yaratib beraver!

Bilaman, senga butun o‘yin davomida deyarli hech kim, xuddi sen ularga yaratib berayotgan gol urish uchun qulay imkoniyatlarni yaratib bermayapti. Lekin, sen baribir hozirgiday jamoangga maydonning har bir nuqtasida yordam beraver!

O‘zing uchun qulay vaziyat bo‘lavermaganda, shu vaziyatni o‘zing uchun o‘zing yarat! Uddalay olasan, bu haq gap!

O‘ylama, dunyo ahli o‘yinni unutadi va yakunda gol urgan tarixda qoladi deb!

Yo‘q!

Har qanday jamoani asl muxlislari, maydonda JAMOA uchun jonini berib o‘ynagan o‘yinchilarni qadrlashadilar, ardoqlashadilar!

Ko‘p holatlarda, jamoalarni tarixdagi eng zo‘r tarkiblariga aynan shuday FIDOKOR o‘yinchilarni kiritishadilar!

Sababi, bunday o‘yinchilar, o‘zlarining shaxsiy muvaffaqiyatidan ko‘ra, jamoasining muvaffaqiyatini, g‘alabasini ustun qo‘yadilar va yakunda albatta muxlislar qalblaridan o‘rin olishadilar!

Ob’ektiv va halol baho beradigan mutaxassislar, muxlislar albatta bor, jiyan!

Eldorjon, bo‘shashma! Ko‘proq o‘zingni kuchinga ishonaver!

Hali jismonan bor kuchingni 90 daqiqa ko‘rsatishinga ozgina bor! Aynan shu jihat va yakunlovchi zarbalaringni jamoadoshing Destro kabi “nayza qilib sanchish” ustida ko‘proq ishla!

Nasib qilsa, qisqa vaqt ichida "Jenoa" muxlislari ham seni “Eldor – Gol” deb atay boshlashadilar!

Bizlarni gapirmasa ham bo‘laveradi, bizlar uchun sen “Ota o‘g‘il” bo‘lib qolaverasan, jiyan!

Biroq, unutma jiyan! Jamoang sha’ni – baridan ustun!!! Chunki, Jamoa – bu xuddi oila kabi muqaddas!

Omadingni bersin, jiyan!

Kichkina mehmonni o‘pib qo‘y!!!

Furqat Qurbonov.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 09:05, 07.01.2021.
O'qildi: 10175 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.