Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Farhod Mirahmatov: “Sovrin uchun kurashadigan jamoada o‘ynashni istadim”

Farhod Mirahmatov: “Sovrin uchun kurashadigan jamoada o‘ynashni istadim”

Baho:
+ | -

Mavsum-2020da ishlari u qadar yurishmagan “Navbahor” hozirdan tayyorgarlikka zo‘r bera boshladi. Jumladan, jamoa rahbariyati bir qator futbolchilar bilan shartnoma tuzishga ulgurdi, shuningdek, No‘’mon Hasanovni bosh murabbiy sifatida qoldirdi. “Lochinlar” safiga qo‘shilgan yangi futbolchilardan biri – “Andijon”da porlagan Farhod Mirahmatov. U Namangan klubi bilan “1+1” ko‘rinishida shartnoma tuzdi. Shu munosabat bilan futbolchiga yuzlanib, ayrim savollarga javob oldik.

— “Andijon”da o‘tgan mavsumda  yetakchilardan biriga aylangandingiz va yangi mavsumda ham jamoada qolishingiz taxmin qilingandi. Biroq kutilmaganda, “Navbahor”ga o‘tdingiz...
— “Navbahor”ni  bu yil ham boshqarishi ma’lum bo‘lgan No‘’mon Hasanov bilan “Paxtakor” o‘rinbosarlar jamoasida birga ishlagandik. Qisqasini aytganda, Namanganga aynan No‘’mon aka taklif qildi. Bu murabbiyni yaxshi bilganim uchun chorlovga ijobiy qaradim.

— “Andijon”da ishlaringiz chakki emasdi. Aytingchi, jamoa­dan ketishingizga nima sabab bo‘ldi?
— Ha, “Andijon”da sal kam 3 yil o‘ynadim. Shukrki, futbolchi sifatida o‘sishga erishdim, muxlislar orttirdim. Bilasizmi, mavsum nihoyasiga yetishi bilan faoliyatimni sovrinlar uchun kurashadigan klub safida davom ettirishni dilimga tugib qo‘ygandim. Menimcha, “Nav­bahor” bu borada — yaxshi variant.

— Mana, shonli tarixga ega “Navbahor” bilan shartnoma tuzdingiz, hozir nimalarni ko‘zlayapsiz?
— Asosiysi, “Navbahor” oxirgi yillarda o‘z oldiga yuqori vazifalarni qo‘ymoqda. Nasib ekan, sovrinlarga da’vogar jamoa safiga qo‘shildim. Endi uning g‘alabalariga munosib hissa qo‘shishim shart. Ezgu niyat bilan keldim va o‘ylaymanki, barchasi yaxshi bo‘ladi.

— Hozircha, “Navbahor”ning yangi mavsum uchun rejasi rasman ma’lum qilinmadi. Bu borada futbolchilarga qandaydir ma’lumot berildimi?
— Nazarimda, jamoa o‘z odatiga ko‘ra, yuqori o‘rinlarga intiladi. Klubda aniq maqsad borligi sezilib turibdi.

— O‘tgan mavsumdan qanday taassurotlar qoldi?
— Ishoning, eslashni xohlamayman. Birinchidan, butun dunyo koronavirusdan aziyat chekdi. Menimcha, kasallik epidemiyasi barchani qiyin ahvolga solib qo‘ydi.

— “Andijon”ga  birinchi davrada moliyaviy muammolar ham xalaqit berdi. Hattoki, jamoa “Paxtakor”ga qarshi o‘yin oldidan tarqatib yuborilishi ham mumkin edi...
— Hamma shok holatida edi. Shukrki, vaziyat vaqtida to‘g‘rilandi.


— Superliga-2020da o‘z pozisiyangizda eng yaxshi o‘ynagan futbolchini ayta olasizmi?
— Albatta. Bu – “Paxtakor” vakili Farrux Sayfiyev. Ta’bir joiz bo‘lsa aytaman, bu futbolchi — hujumkor himoyachi.

— “Navbahor” haqida gap ketsa, namanganlik muxlislarning e’tirof etmaslikning iloji yo‘q. Biroq ularning bosimiga dosh berish oson emas, bunga tayyormisiz?
— Albatta. Muhimi, namanganliklar jamoani o‘zgacha tarzda qo‘llab-quvvatlashadi. Bu maydonda to‘p surayotgan futbolchilarga qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydi. Ha, bosim kuchli, lekin “Andijon”da ham shunday sharoitda o‘ynadim. Umid qilamanki, barchasi yaxshilikka.

— Tilaklaringiz bo‘lsa, marhamat...
— Birinchi galda, “Andijon” muxlislari, murabbiylari va rahbarlari, klub xodimlariga minnatdorchilik bildirishim kerak. Jamoa safidagi davrni sira unutmayman. Yangi yil barchamiz uchun xayrli kelsin.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 16:06, 07.01.2021.
O'qildi: 2141 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.